Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Nasaf
08/04 19:00 OKMK 1-1 Surxon
08/04 20:15 Dinamo 2-1 So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona 0-2 Atletiko
08/04 23:59 PSJ 2-0 Liverpul
09/04 19:00 Neftchi - Paxtakor
09/04 19:00 Buxoro - Qizilqum
10/04 23:45 Roma - Piza
11/04 00:00 Vest Xem - Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid - Jirona

«Paxtakor»ning Chempionlar Ligasidagi raqiblari qanday o‘ynashmoqda?

«Paxtakor»ning Chempionlar Ligasidagi raqiblari qanday o‘ynashmoqda?

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Yangiliklar

“Paxtakor” bilan bir guruhdan o‘rin olgan jamoalarning oxirgi natijalari bilan tanishtirib o‘tamiz.

BAAning “Shabab Al Ahli” klubi chempionatda peshqadamlikni qo‘lga olgan. Bu jamoa 12 uchrashuvda 29 ochko to‘plagan holda yaqin ta’qibchisi “Sharja”dan 5 ochkoga o‘zib ketgan. 24 yanvar kuni 13-turda bu jamoalar o‘zaro to‘qnash keladi. Keyingi o‘yinini Dubay jamoasi 10 yanvar kuni BAA Kubogi yarim finali doirasida “Al Jazira”ga qarshi o‘tkazadi. Chempionatning so‘nggi turida “Shabab Al Ahli” mehmonda “Al Ayn”dan 2:1 hisobida ustun keldi.

Saudiya Arabistonining “Al Hilol” jamoasi esa 11 bellashuvda 24 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. OCHLning amaldagi g‘olibi peshqadam “Nassr”dan ikkita kam o‘yin o‘tkazgan va besh ochkoga ortda qolmoqda. Oxirgi bahsda “Hilol” kubok bahsi doirasida “Faysali”ni penaltilar seriyasida mag‘lubiyatga uchratdi. Navbatdagi o‘yinini bu jamoa ertaga o‘z maydonida “Al Ahli” bilan o‘tkazadi.

Manba: www.pakhtakor.uz
Kiritildi: 12:37, 06.01.2020.
O'qildi: 3634 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик