Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/05 00:00 Brest 0-0 Nant
05/05 00:00 Malyorka 0-1 Atletiko
05/05 15:30 Kalyari 1-1 Lechche
05/05 17:00 Osasuna 0-2 Betis
05/05 18:00 Navbahor 4-0 Lokomotiv
05/05 18:00 Brayton 1-0 Aston Villa
05/05 18:00 Chelsi 5-0 Vest Xem
05/05 18:00 Empoli 0-0 Frozinone
05/05 18:00 Verona 2-1 Fiorentina
05/05 18:30 Bunyodkor 0-2 Surxon
05/05 19:15 Selta 3-2 Vilyarreal
05/05 20:30 Liverpul 4-2 Tottenhem
05/05 21:00 Milan 3-3 Jenoa
05/05 21:30 Valensiya 0-1 Alaves
05/05 23:45 Roma 1-1 Yuventus
06/05 00:00 Rayo Valyekano 0-1 Almeriya
06/05 00:00 Sevilya 3-0 Granada
06/05 21:00 Salernitana - Atalanta
06/05 23:45 Udineze - Napoli
07/05 00:00 Kristal Pelas - Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill - Lion
08/05 00:00 PSJ - Borussiya D

2019-yilda qaysi futbolchilarning transfer narxi keskin ko‘tarildi?

2019-yilda qaysi futbolchilarning transfer narxi keskin ko‘tarildi?

Baho:
+ | -

O‘rtda qolgan yil davomida transfermarket portal futbolchilarning narxlarini yangilab turishdan to‘xtab qolmadi. Bugun ushbu portal ma’lumotlarga tayangan xolda so‘nggi 12 oy davomida transfer qiymatida eng katta o‘sish kuzatilgan futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Meyson Maunt – “Chelsi”

“Derbi”dagi faoliyati davomida Frenk Lempard tomonidan kashf etilgan futbolchining transfer qiymati ko‘tarilishi turgan gap. Yosh va iqtirdorli futbolchi Lempard tomonidan tuhfa etilgan imkoniyatdan shu qadar unumli foydalandiki, klub muxlislari uni bir zumda yaxshi ko‘rib qolishdi. Ayni damda yarim himoyachi “Chelsi”ning xal qiluvchi futbolchilaridan biri sifatida to‘p surmoqda. Uning yil boshida transfer qiymati 12 million yevroni tashkil etgan bo‘lsa, endilikda bu raqamlar 45 milliongacha ko‘tarilidi. Maunt o‘sishdan to‘xtab qolmasa, kelasi yil so‘nggida uning ko‘rsatgichlari yanada yaxshilanishi aniq.

Martin Edogor - “Real Sosyedad” 

Kariyerasi qil ustida qolgan iqtidorli futbolchi gollandiyaning “Vittes” jamoasiga o‘tdi va barchasini boshidan boshlashga muvaffaq bo‘ldi. Yangi mavsumda “Real Sosyedad” safida ajoyib o‘yinlar ko‘rsatayotgan futbolchining transfer qiymati ham o‘zi-o‘zidan ko‘tarilishi turgan gap. Ayni damda Madridning “Real” jamoasi uni ortga qaytarish haqida bosh qotirmoqda. Bugungi kunga kelib Martinning transfer qiymati 50 million yevroni tashkil etadi. Bundan bir yil ilgari esa, bu raqamlar 15 million yevroga ishora qilayotgan edi.

Ansu Fati - "Barselona"

O‘tgan yili futboldagi eng katta kashfiyotlardan biri sifatida e’tirof etilgan futbolchi ko‘plab rekordlarni yo‘qqa chiqarishga muvaffaq bo‘ldi. “Barselona”dagi kadrlar muammosidan unuimli foydalangan futbolchining transfer qiymati ham bir joyda qotib qolgani yo‘q. Transfermarket portal futbolchini 40 million yevroga baholadi. Bundan bir yil ilgari uning ushbu portalda o‘z akauntiham yo‘q edi desak ishonasizmi?!

Yerling Xoland - "Borussiya Dortmund"

Barcha grand klublarning ishtaxasini qitiqlab “Borussiya Dortmund”ga o‘tib ketgan hujumchiga ortiqcha tarifning xojati yo‘q chamamda. Erling yosh bo‘lishiga qaramay chinakam gol mashnasiga aylanishga muvaffaq bo‘ldi. Uning transfer qiymati ham gollarining soni singari kun sayin oshib bordi. Futbolchi ortda qolgan yil davomida 5 million yevroga teng transfer narxini 45 ta “limon”ga qadar ko‘tarishni uddaladi.

Lautaro Martines - "Inter"

Antonio Konte tomonidan dunyo futboliga olib kirilgan yangi yulduz “Barselona” rahbarlarining tushlariga kirib chiqayotgani rost. Qandaydir yarm mavsum davomida naqd 50 million yevroga qimmatlagan hujumchining transfermarketdagi qiymati 80 millionni tashkil etmoqda. Bu hali hammasi emas. “Inter” uzoq kutilgan “skudetto”ni qo‘lga kiritsa, bu ko‘rsatgich 2020-yilning o‘zidayoq sezilarli darajada oshishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 03:47, 08.01.2020.
O'qildi: 10091 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.