Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/04 18:00 Lokomotiv 0-2 Navbahor
17/04 19:00 OKMK 3-2 Buxoro
17/04 20:15 Surxon 0-1 Qizilqum
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi - Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al - Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor - Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona - Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 - Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya

Bugun Tailandda U-23 Osiyo chempionati start oladi

Bugun Tailandda U-23 Osiyo chempionati start oladi

Baho:
+ | -

Bugun Tailand yashil maydonlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempionati start oladi. E’tiborlisi, bu yilgi turnirning Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma berishi musobaqaga bo‘lgan e’tiborning yana bir karra oshishiga sabab bo‘lmoqda. Shu tariqa qit’amizning ushbu yosh toifasidagi eng kuchli 16 jamoasi musobaqa g‘olibligi qatori Tokio Olimpiadasi yo‘llanmalari uchun kurash olib boradilar. Ular orasida Olimpiya terma jamoamiz qit’a chempionligini himoya qiladi.

Bugun “A” guruhining ikki o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. 1-turda Iroq – Avstraliya, Tailand – Bahrayn jamoalarining o‘yini kutib turibdi. Songxla shahrida esa bugun O‘zbekiston va Eron OTJlar uchrashuvidan avval matbuot-anjumani bo‘lib o‘tadi.

Guruhlar.

“A” guruhi: Tailand, Iroq, Avstraliya, Bahrayn
“V” guruhi: Qatar, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Suriya
“S” guruhi: O‘zbekiston, Janubiy Koreya, Eron, Xitoy
“D” guruhi: Vyetnam, KXDR, Iordaniya, BAA

Terma jamoamiz o‘yinlari.
“S” guruhi taqvimi:

1-tur, 9 yanvar:
O‘zbekiston – Eron 15:15 (Songxla)
Janubiy Koreya – Xitoy 18:15

2-tur, 12 yanvar:
O‘zbekiston – Xitoy 18:15 (Songxla)
Eron – Janubiy Koreya 15:15

3-tur, 15 yanvar:
O‘zbekiston – Janubiy Koreya 15:15 (Bangkok)
Xitoy – Eron 15:15

Chorak final. 19 yanvar, Bangkok
“S” guruhining g‘olibi – “D” guruhining ikkinchi o‘rin egasi 15:15
“D” guruhining g‘olibi – “S” guruhining ikkinchi o‘rin egasi 18:15

Bosqich Sana Vaqti Shahar
Yarim final 22 yanvar 15:15 Bangkok
Yarim final 22 yanvar 18:15 Rangsit

 

Bosqich Sana Vaqti Shahar
3-o‘rin uchun 25 yanvar 17:30 Bangkok

 

Bosqich Sana Vaqti Shahar
Final 26 yanvar 17:30 Bangkok

 O‘yinlar Toshkent vaqti bilan berilgan.

Tarkib. Olimpiya terma jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich bosqichma-bosqich o‘tkazilgan yig‘inlar mobaynida musobaqada ishtirok etuvchi quyidagi 23 futbolchini saralab oldi:

Darvozabonlar:
Abduvohid Ne’matov (“Nasaf)
Mashhurjon Muhammadjonov (“Nasaf”)
Nizomiddin Ziyavutdinov (AGMK)

Himoyachilar:
Islomjon Qobilov (“Bunyodkor”)
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”)
Dilshod Saitov (“Nasaf»)
Sherzod Nasrullayev (“Nasaf”)
Oybek Rustamov (“Qo‘qon-1912”)
Ilhomjon Alijonov (“Navbahor”)
Husniddin Aliqulov (“Nasaf”)

Yarim himoyachilar:
Abdulla Abdullayev (“Bunyodkor”)
Azizjon G‘aniyev (“Nasaf”)
Sharof Muhitdinov (“Nasaf”)
Nurillo To‘xtasinov (“Bunyodkor”)
Jasurbek Yaxshiboyev (AGMK)
Abrorbek Ismoilov (“Surxon”)
Islom Kenjaboyev (“Nasaf”)
Doston Ibragimov (“Qizilqum”)
Sanjar Qodirqulov (“Bunyodkor”)
Oybek Bozorov (“Nasaf”)

Hujumchilar:
Bobir Abduxoliqov (“Nasaf”)
Mirjahon Mirahmadov (“Bunyodkor”)
Azizbek Amonov (“Lokomotiv”)

Shaharlar. Osiyo chempionatiga Tailandning Bangkok, Rangsit, Buriram hamda Songxla shaharlari mezbonlik qiladi. Dastlab guruhlardagi uchrashuvlar mazkur 4 shaharda o‘tkazilsa, chorak finaldan boshlab barcha e’tibor Bangkok hamda Rangsit shaharlariga qaratiladi. Terma jamoamiz esa Songxla shahrida joylashdi. Bu yerda dastlabki 2 uchrashuvimizni o‘tazamiz. Qolgan bahslar esa Tailand poytaxtiga belgilangan.

Vazifa. Musobaqada jamoamizning bosh vazifasi Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma olish hisoblanadi. Reglamentga ko‘ra, mazkur qit’a birinchiligida 1-2-3 o‘rinni egallan jamoalar Olimpiada ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Agar Olimpiya o‘yinlarining mezboni hisoblanmish Yaponiya termasi ham yarim finalga chiqqudek bo‘lsa, qolgan yarim finalchilar ham yo‘llanma sohibiga aylanadi.

Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu musobaqa davomida VAR tizimi barcha o‘yinlarda hakamlarga yordamga kelishi mumkin. Darvoqe, Osiyo chempionatida tajribali referilarimiz Ilgiz Tantashev hamda Valentin Kovalenko ham ishtirok etishadi.

Jamoamizning qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus guruh bugun Tailandga yo‘l oladi. Qolgan muxlislarimizni ham Olimpiya terma jamoamizni musobaqada qo‘llab-quvvatlashga chorlab qolamiz. Jamoamiz o‘z g‘alabalari bilan millionlab yurtdoshlarimizni xushnud qilishiga ishonamiz. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi musobaqa avvalida terma jamoamizga omad va g‘alabalar tilab, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytib kelishini niyat qilib qoladi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 09:39, 08.01.2020.
O'qildi: 4947 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик