Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

AFC U23. O‘zbekiston – Eron: 1–1: bilinmayapti, sezilmayapti, ko‘rinmayapti...

AFC U23. O‘zbekiston – Eron: 1–1: bilinmayapti, sezilmayapti, ko‘rinmayapti...

Baho:
+1 | -1

Hozirgina Tailandda boshlangan musobaqada terma jamoamiz birinchi o‘yinini o‘tkazdi. Eron yoshlariga qarshi.

O‘yin yaxshi deb bo‘lmaydi. Chunki raqib oldida kamchiliklarimiz talaygina ekani ko‘rinib qoldi.

Butun o‘yin davomida chiroyli kombinasion hujum ko‘rmadik, aniqrog‘i, xavfli zarba bilan tugagan hujumni deyarli ko‘rmadik.

Drulovich shogirdlari mazkur o‘yinga qadar bir qator o‘yinlar o‘tkazishdi. Bunday o‘yinlar, odatda, asosiy o‘yinga tayyorlanish vazifasini o‘tashi kerak edi. Bungacha bo‘lgan o‘yinlar yaxshi kechgandi, futbolchilarimizda ko‘zga ko‘rinarli xatti-harakatlarni amalga oshirishgandi. O‘yin sifati yomon emasdi. Ammo bugun ana shu narsa bilinmadi.

Bugun menga bir jihat yoqmadi – ikkita vaziyatda futbolchilarimiz yaqqol vaziyatda gol urish uchun zarba yo‘llash o‘rniga penalti ishlashga urinib, «artistlarcha» yiqilish. Tabiiyki, bosh hakam bunday aldovlarga uchmadi. Janob Drulovich, futbolchilarga kerakli vaziyatda penalti ishlashni emas, kerakli vaziyatda zarba yo‘llab gol urishni o‘rgating.

Menga yoqmagan ikkinchi jihat – futbolchilarimiz o‘rtasida bog‘liqlikning yo‘qligi. Ko‘p hollarda bir futbolchi uzatgan to‘pni ikkinchisi qabul qilishga qiynaldi yoki futbolchining o‘zi noaniq uzatmani amalga oshirdi. Janob Drulovich, bu kamchilik ustida ham ishlashingiz kerak.

Futbolchilarda ruhiy holat, sovuqqonlik yetishmayapti. Shoshib qolishyapti, bizda yaxshigina vaziyatlar bo‘ldi, ammo futbolchilarimizning dovdirashi oqibatida vaziyatlarni ko‘kka sovurdik, janob Drulovich, ishlang. Futbolchilarga qachon qanday qaror qabul qilish kerakligini, sovuqqonlikni o‘rgating. Chunki bu kamchilik bir yoki ikki marta emas, ko‘p bora ko‘zga tashlandi.

Himoya juda yomon o‘yin ko‘rsatdi bugun. Eronning goli himoyamizga qo‘yilgan «0» baho bo‘ldi. Bir futbolchi nimalar qilganini ko‘rdingiz-a. Bu himoyamiz uchun sharmandali holat,

Futbolchilarning individual mahoratlari ustida ancha ishlash kerak. To‘pni to‘xtatish, uzatma berish, kerakli qaror chiqara bilish, kuchli, aniq zarba yo‘llash. Shu bilan birga, qachon aldash kerag-u, qachon to‘pni tepib yuborish kerak, qachon uzatmani amalga oshirish lozimligini ham o‘rgatish lozim.

Sharhlovchi Murod Rizayev aytganidek, bugun biz raqibning yaqqol vaziyatlaridan gol ura olmagani tufayli durangga erishdik. Vaholanki, Eron xatolarimiz uchun bizni jazolashi mumkin edi.

Xulosa shu, janob Drulovich, bugun maydonda bir nechta o‘rtoqlik o‘yinida o‘ynab, rasmiy o‘yinga tayyor bo‘lganlarni ko‘rmadik. O‘yindan oldin bir necha marta «Olimpiyachilarimiz o‘yinga tayyor», kabi jumlalarni o‘qidim, ammo keyin ma’lum bo‘ldiki, biz tayyor emasmiz. O‘yin yomon emas, ammo aniqlik, sovuqqonlik, aqlli fikrlash kabi jihatlar yetishmayapti. Hali ishingiz ko‘p, janob Drulovich, ko‘p…

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 17:06, 09.01.2020.
O'qildi: 11608 marta.
Fikrlar: 24 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.