Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Lyubinko Drulovich: «Keyingi uchrashuvlarda yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Lyubinko Drulovich: «Keyingi uchrashuvlarda yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

Biroz avval O‘zbekiston va Eron Olimpiya terma jamoalari Osiyo chempionati doirasida to‘qnash kelishdi va jamoalar 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdilar. An’anaga muvofiq, uchrashuvdan so‘ng matbuot-anjumanida olimpiyachilarimiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich ishtirok etdi.

— O‘yin qiziqarli o‘tganini aytib o‘tish mumkin. Ikki yaxshi jamoa to‘qnash keldi. Eronliklar jismoniy jihatdan doimo yaxshi bo‘lib kelishgan. Birinchi o‘yin oson bo‘lmadi. Bu bahsda g‘alaba qozonishga astoydil harakat qildik, ammo yakun durang bo‘ldi.

– Asosiy tarkibda Milliy terma jamoadagi o‘yinchilar ishonchni oqlay olmadi, menimcha. Ularning boshlang‘ich tarkibda tushishiga nima asos bo‘ldi?
– Ular saralash o‘yini, ichki chempionatda yaxshi o‘yin ko‘rsatishdi. Ha, ular bugun bor imkoniyatlarini ishga sola olishmadi. Ishonamanki, keyingi uchrashuvlarda o‘zlarini yaxshi tomondan ko‘rsata olishadi.

– O‘zbekiston jamoasi ikki xil taym o‘tkazdi. Bunga sabab nima?
– Dastlabki 15-20 daqiqa Eron pressinglar bilan yaxshi o‘yin namoyish qildi. Ammo uchrashuvning qolgan qismidan o‘z o‘yinimizni topa oldik. Ikkinchi taymda esa ba’zi xatolarga yo‘l qo‘ydik. Xususan, gol o‘tkazib yuborgan vaziyatimizda. Ikkinchi taym oxirida har ikki jamoada, ayniqsa, bizda bir yaxshi imkoniyat bo‘ldi. Ammo undan foydalana olmadik.

– O‘zbekiston 2018 yil chempion bo‘lgan edi. Lekin bu musobaqani durang bilan boshladi xolos. Muvaffaqiyatni takrorlay olasizmi?
– Osiyo chempionatida g‘alaba qozonish qiyin. Shu chempionlikni himoya qilish undan ham murakkab. Biz shu vazifani bajarishga harakat qilamiz. Ikkinchi o‘yinimiz Xitoy bilan kechadi va keyingi o‘yinlarda yorqinroq o‘yin ko‘rsatishga harakat qilamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 17:58, 09.01.2020.
O'qildi: 5599 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.