Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid 4-1 Elche
15/03 16:30 Verona 0-2 Jenoa
15/03 18:00 Malyorka 2-1 Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest 0-0 Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted 3-1 Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas 0-0 Lids
15/03 19:00 Piza 3-1 Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo 0-1 Bolonya
15/03 19:15 Neftchi 1-0 Paxtakor
15/03 20:15 Barselona 5-2 Sevilya
15/03 21:30 Liverpul 1-1 Tottenhem
15/03 22:00 Komo 2-1 Roma
15/03 22:30 Betis 1-1 Selta
16/03 00:45 Lasio 1-0 Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad 3-1 Osasuna
17/03 00:45 Cremonese - Fiorentina
17/03 01:00 Brentford - Vulverhempton
17/03 01:00 Rayo Valyekano - Levante

«Lokomotiv» kundaligi: Abu Dabidagi yettinchi kun. Mashg‘ulotlar jiddiy davom etyapti

«Lokomotiv» kundaligi: Abu Dabidagi yettinchi kun. Mashg‘ulotlar jiddiy davom etyapti

Baho:
+ | -
"Temiryo‘lchilar"ning BAA poytaxti Abu Dabiga yetib kelganiga yetti kun bo‘ldi.

Jamoa a’zolari ikki mahal mashg‘ulot o‘tkazishdi va har ikki mashg‘ulot futbol maydonida kechdi. Darvozabonlarni odatdagidek Petr Gizimchuk shug‘ullantirgan bo‘lsa, maydondagi o‘yinchilar bilan Andrey Fyodorov (bosh murabbiy), Andrey Miklyayev (katta murabbiy) va Aleksandr Shatskix (jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha murabbiy) mashg‘ulot olib borishdi. Va albatta murabbiylar shtabiga jamoa shifokori Abror Pirriyev, massajchilar Gurgen Israyelyan, Abdurahim Sarimsoqov, jamoa ma’murlari Baxtiyor Ismoilov bilan Ulug‘bek Usmonxo‘jayev, klub matbuot kotibi Xayrulla Xoliqov, shuningdek video tasvirchi Ravshan Akbarov yaqindan yordam berib kelishyapti.

Oldinda jamoani 11 yanvar kuni dastlabki o‘rtoqlik uchrashuvi kutyapti. Shu kuni "Loko" Shotlandiyaning eng nomdor klublaridan biri "Glazgo Reynjers"ga qarshi nazorat bahsini o‘tkazadi. Mashg‘ulotlar faqat shu o‘yinga qaratilgan deb bo‘lmaydi, balki jamoa butun bir yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Dastlabki vazifa esa 21 yanvar kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan OCHL pley-off bosqichida Tojikistonning "Istiqlol" klubini mag‘lub etish hisoblanadi

Manba: Lokomotiv.uz
Kiritildi: 00:43, 10.01.2020.
O'qildi: 2808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.