Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem
21/04 22:00 Atletik Bilbao - Osasuna
21/04 22:00 Malyorka - Valensiya
22/04 00:00 Brayton - Chelsi

AGMK lageridan daraklar: Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan olmaliqliklar safiga legionerlar qo‘shildi

AGMK lageridan daraklar: Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan olmaliqliklar safiga legionerlar qo‘shildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Do‘rmondagi qarorgohda yig‘ilgan jamoamiz Qibraydagi o‘yingohda har kunlik mashg‘ulotlarni olib bormoqda. Ayni damda murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatini tetiklash ustida katta hajmdagi ishlarni amalga oshirishmoqda. Bir kunlik ta’tildan qaytgan futbolchilar tibbiy ko‘rikdan o‘tgach, bugundan yana mashg‘ulotlarni tiklashdi.

Ertadan esa jamoa qishki yig‘indagi dastur odatiga ko‘ra, kuniga ikki mahaldan mashg‘ulotlar o‘tkazadi. Mashg‘ulotlarning bir qismi maydonda, to‘p bilan ishlash bo‘yicha o‘tkazilsa, ikkinchi qismida futbolchilar zalda mushaklarni chiniqtirish borasida shug‘ullanishadi.

Bugundan e’tiboran mashg‘ulotlarga kecha transfer qilingan va jamoamizga bir yillik tanaffusdan so‘ng qaytgan serbiyalik yarim himoyachi Yovan Jokich qo‘shildi. Shuningdek, o‘tgan mavsumning ikkinchi qismidan e’tiboran jamoamizga a’zolariga aylangan legionerlar — Igor Zonich va Elguja Grigalashvili ham jamoa lageriga qaytdi va bugundan mashg‘ulotlarga qo‘shildi.

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 10:52, 12.01.2020.
O'qildi: 2625 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик