Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Bobur Akmalov: Yigitlar, guruhdagi oxirgi o‘yinda uyaltirmanglar

Bobur Akmalov: Yigitlar, guruhdagi oxirgi o‘yinda uyaltirmanglar

Baho:
+ | -

Yutvoldik!

Futbolchilarga aytadiganim: bir sizlar emas, biz ham har bir o‘yin, har bir harakatingiz chog‘ida igna ustida o‘tirgandek o‘tiramiz. Sizga oson emasligini bilamiz, bizga ham oson tutmang. Musobaqalar paytida siz bizning eng yaqinimizga aylanasiz. Hatto yaqinlarimizdan yaqinga. Sport telekanali o‘yinlaringizni shunchaki olib ko‘rsatayotgani yo‘q, bu yerda katta guruh tongdan kechgacha, kechdan tonggacha ishlayapti: mehmon topamiz, uni chaqiramiz, kelmasa boshqasini chaqiramiz, mavzu va savollar hozirlaymiz, internetdan izlanamiz, maslahatlashamiz, studiyani hozirlaymiz, chiroq, kamera, ovoz, lavhalar..., ko‘rsatuv olib borish - qiziqarli olib borish, suhbatdoshni mavzuga tortib olish, tomoshabinga qiziqarli yetkazish, yo‘qdan bor qilish, kechgacha o‘yinlarni ko‘rish va ko‘rsatuvlarda chiqish, uyga qaytgach ertaning rejasini tuzish, yana mehmonlar izlash, qo‘ng‘iroqlar...

Aslo minnat emas, aslo! Bu bizning ishimiz, vazifamiz, majburiyatimiz. Men shunchaki jarayon haqida tushuncha berdim. Muxlislarga aytadiganim: shuncha ish qilinadi-yu, ba’zilaringizdan so‘kish ham eshitamiz: falonchi sharhlovchi bo‘lmag‘ur, pistonchi sharhlovchi baqirvoradi, boshqasi sekin gapiradi, shunaqayam mehmon chaqirasizlarmi, titrlarda xato yozyapsanlar, nega falon o‘yin jonli emas... Eh-he, qancha e’tirozlar. Mayli, rozimiz. Ishlayapmizki, tanqid bor. O‘zimiz ham bilamiz ideal emasligimizni. Mukammal bo‘lgan Zot faqat O‘zi!

Yigitlar! Guruhdagi oxirgi o‘yinda uyaltirmanglar. Biz sizga ishonamiz!

Muxlislar! E’tiboringiz uchun, albatta, rahmat aytamiz. Boringizga shukr!

Bobur Akmalov

Manba: https://t.me/boburachannel
Kiritildi: 00:22, 13.01.2020.
O'qildi: 6185 marta.
Fikrlar: 8 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.