Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol 2-0 Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal 2-3 Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti 3-0 Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves 1-0 Barselona
14/05 00:30 Xetafe 3-1 Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad
15/05 00:30 Real Madrid - Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa - Liverpul

Lyubinko Drulovich: “Asosiysi guruhdan chiqish vazifasini uddaladik”

Lyubinko Drulovich: “Asosiysi guruhdan chiqish vazifasini uddaladik”

Baho:
+1 | -

O‘zbekiston va Janubiy Koreya Olimpiya terma jamoalarining bahsidan so‘ng dastlab jamoamiz bosh murabbiyi Lyubinko Drulovich matbuot-anjumanida ishtirok etdi.

“Bugungi uchrashuv biz uchun muhim edi. Zero, bizning oldimizda guruh bosqichdan chiqish vazifasi turgan edi. Janubiy Koreya termasiga qarshi bahs doim qiyin bo‘lgan. Birinchi bo‘limni yomon o‘tkazmadik. Natija haqida nima deyishim mumkin? Asosiysi guruhdan chiqish vazifasini uddaladik. Keyingi o‘yinda yaxshiroq o‘ynashga harakat qilamiz”, – dedi Lyubinko Drulovich.

– O‘yinchilarimiz nega jismoniy tomondan qiynalishdi?
– Olti kun ichida 3 ta uchrashuv o‘tkazish qiyin. Bunda har qanday futbolchida charchoq seziladi. O‘ylaymanki, yigitlar jismoniy tomondan u qadar yomon bo‘lishmadi aslida. Qolaversa, koreyaliklarning tezkor goli bizning zimmamizdagi vazifani yanada qiyinlashtirdi.

– Kuchli jamoalarga qarshi juda ham qiynalib kelamiz. Bundan keyin nimalarni o‘zgartirmoqchisiz: taktikanimi yoki o‘yinchilarni?
– Bilasizmi, koreyaliklar avvalgi o‘yin bilan solishtirganda 7 ta o‘yinchisini almashtirgan. Bu futbolchilarimizning yakkakurashlardagi vaziyatlarda yanada qiynadi. Asosiysi biz oldimizga qo‘yilgan dastlabki vazifani uddalay oldik. Qolgani esa oldinda turgan o‘yinlarda hal bo‘ladi.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 17:50, 15.01.2020.
O'qildi: 7084 marta.
Fikrlar: 29 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик