Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
06/12 22:30 Betis 3-5 Barselona
07/12 00:45 Verona 3-1 Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Vladislav Naumov:”Toshkent chiroyli shaxar ekan” (intervyu)

Vladislav Naumov:”Toshkent chiroyli shaxar ekan” (intervyu)

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT
Rukn: Intervyular

“Humo” jamoasi safiga yanvar oyida kelib qo‘shilgan himoyachi Vladislav Naumov o‘zining ilk o‘yinidayoq foydali harakatlari bilan yaqqol ko‘zga tashlanishni uddaladi. Bugun “Humo”ning yangi Hokkeychisi bilan uyushtirlgan intevyuni e’tiboringizga taqdim etamiz.

- Qanday qilib Toshkentga kelib qoldingiz?

- Jarohatim bois, uzoq muddat safdan chiqqan edim. Tiklanish va o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish uchun yana jamoaga qaytganimda, “Sibir” meni “Humo”ga ijaraga berayotganidan xabar topdim.

- Toshkent sizga yoqdimi?

- Shaxrinigz juda ham chiroyli ekan. Bu yerda menga barchasi manzur kelmoqda. Chiroyli ko‘chalari, mehmondo‘st xalqingiz, umuman olganda barchasidan mamunman. O‘zbek oshxonalaridan taomlanishga ham ulgurdim. To‘g‘ri, biroz kaloriyasi katta bo‘lishi mumkin, biroq Yevropa oshxonasidan ancha mazaliroq.

Qayerlarda bo‘lishga ulgurdingiz?

- Asosan mehmonhona atrofidagi binolarni ko‘zdan kechirdim. Bozorga ham borishga ulgurdim.  Ochig‘I juda qiziq bo‘ldi. Bunday ulkan va qiziqarli bozorni avval sira ko‘rmagan edim. U yerda mevalardan tortib kiyim kechakkacha xarid qilish mumkin. Biz kechga yaqin tashrif buyurdik. Bozorda asosan tongda odam gavjum bo‘lishini aytishdi. Novosibirskdan farqli o‘laroq bu yer ancha chiroyliroq ekan.

- “Humo Arena” haqida qanday fikr bildira olasiz?

- Bizdagi arena juda eski. 2023-yilda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi JCH uchun qayta ta’mirdan chiqishi kerak.

- Farqini darrov sezgan bo‘lsangiz kerak?

- Bu arenalarni solishtirmagan bo‘lar edim. “Humo Arena” 2019-yilda qurib bitkazilgan bo‘lsa, bizning arena 1962-yilda ochilgan. “Humo”ni Moskvadagi “Dinamo” yoki SSKA ning muzsaroylari bilan solishtirish o‘rinli bo‘ladi.  Bu yerdagi atmosfera menga ma’qul kelmoqda. Muxlislar va shou tariqasida o‘tayotgan turli o‘yinlar hokkeychilarga ham qo‘shimcha kuch bag‘ishlamoqda.

- Yanvar oyida o‘tkazilgan ikkita bahsda ishtirok etmadingiz. O‘yinni tashqaridan kuzatish orqali nimalarga e’tibor qaratdingiz?

- Toshkentda arena va muxlislar KXL darajasida ekanligini sezdim. Taymlar orasidagi shoular, matbuot hodimlarining faolligi,  muxlislar olqishi, turli qo‘shiqchilar barcha-barchasi KXL darajasida uyushtirilgan. Hozircha yangi fishkalarga ko‘zim tushmagan bo‘lsada, barchasi yuqori darajada yo‘lga qo‘yilganini ko‘rib turibman.

- O‘ziningizning Hokkey yo‘lingiz haqida qisqacha to‘xtalib o‘tsangiz?

- Barchasi Tyumenda boshlangan edi. Hokkey bilan birinchi sinfimdan beri shug‘ullanib kelaman. 18 yoshga qadar yoshlar o‘rtasidagi barcha ligalarda shayba surishga muvaffaq bo‘ldim. Keyin ir oy oliy ligada “Rubin” sharafini himoya qildim. Ko‘p o‘tmay, “Sibir”da ko‘rikdan o‘tdim. Umumiy hisobda 5 yildan beri Novosibirsk shaxri jamoasi sharafini himoya qilyapman. Shunigdek, “Ermak” jamoasida ijara asosida ham qisqa muddat faoliyat olib borishga ulgurganman.

Demak solishtirishga arzirli tajribangiz bor ekanda?

- Barcha solishtirishlarimning birortasining musbat tomoni yo‘q. Bu yerda havo issiq va qor yo‘q. Ba’zan aynan shu kamchilik meni biroz qiynamoqda.

- Toshkentga kelgunga qadar O‘zbekistondagi hokkey haqida qanday ma’lumotga ega edingiz?

- “Humo” klubining ochilishi haqida birmuncha eshitgan edim. Hamkasblarim bilan shu mavzuda suhabatlashgan edik. Shuningdek, bu jamoani tez orada KXLga chiqish niyati bor ekanligidan ham xabarim bore di. Hozircha “Humo” keskin o‘sishni boshidan o‘tkazmoqda. Bu yerga kelib eshitganlarim rost ekanligiga amin bo‘ldim.

Jaloliddin Qobiljonov

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 19:08, 16.01.2020.
O'qildi: 4039 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.