Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun Tailandga kelmoqda

Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramov futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun Tailandga kelmoqda

Baho:
+1 | -

Xabaringiz bor, futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi Tailandda o‘tayotgan U-23 Osiyo chempionatining chorak final bosqichiga yo‘l olgan. Vakillarimiz ushbu bosqichda 19 yanvar kuni BAA jamoasiga qarshi bahs olib boradi.

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tomonidan futbolchilarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash maqsadida yana katta muxlislar guruhi shakllantirilmoqda. Ayni paytda Tailandda Toshkent, Urganch, Buxoro, Andijon, Asaka, Qarshi, Farg‘ona, Namangan kabi ko‘plab shaharlardan tashrif buyurgan muxlislar, «Qo‘qon-1912» klubi direktori va boshqa bir qator futbol mutasaddilari, ashaddiy muxlislar jamoamizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bu o‘zbek futboli muxlislarining o‘ziga xos yangi to‘lqini, milliy sport g‘oyasidir. Ahamiyatlisi, mana shunday muxlislar orasida taniqli murabbiylarimiz Ro‘ziqul Berdiyev va Vadim Abramovning ham Bangkokka tashrif buyurishi kutilmoqda.

Ma’lumki, O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi tarkibida “Nasaf” (10) va “Bunyodkor” (5) klublarining o‘yinchilari ko‘pchilikni tashkil qiladi. Berdiyev va Abramovning Tailandga kelishidan asosiy maqsad futbolchilarimizni qo‘llab-quvvatlash va ularni yanada ruhlantirishdan iboratdir. Murabbiylar 18 yanvar kuni Bangkokka yetib kelishadi.

Ta’kidlash joiz, har ikki mutaxassis OTJ murabbiylar shtabining faoliyatiga aslo aralashmaydi. Terma jamoamiz Lyubinko Drulovich va Ravshan Haydarov boshchiligida bo‘lajak bahsga tayyorgarlikni davom ettiradi. Berdiyev va Abramov esa uchrashuvdan oldin o‘z shogirdlariga ruhiy dalda berish va ularni qo‘llab-quvvatlash uchun kelishmoqda.

Manba: www.olympic.uz
Kiritildi: 21:43, 16.01.2020.
O'qildi: 8199 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик