Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/03 01:00 Atalanta 1-6 Bavariya
11/03 01:00 Atletiko 5-2 Tottenhem
11/03 01:00 Nyukasl 1-1 Barselona
11/03 16:30 Surxon 0-0 Bunyodkor
11/03 19:30 Lokomotiv 0-0 Qo‘qon-1912
11/03 19:45 Buxoro 1-1 Xorazm
11/03 22:45 Bayer 1-1 Arsenal
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK - So‘g‘diyona
12/03 19:45 Dinamo - Nasaf

Sergey Silkin: "Bizning futbolchi uchun 16 eamoa ham ko‘p"

Sergey Silkin: "Bizning futbolchi uchun 16 eamoa ham ko‘p"

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Moskvaning «Dinamo» klubi sobiq bosh murabbiyi Sergey Silkin RPLda jamoalari soni 18 taga yetishi haqidagi xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

- Bizning futbol uchun 16 ta jamoa ko‘plik qiladi. Qachonki tengkuchli jamoalar o‘zaro bahs olib borishsagina chempionat saviyasi oshadi. Undan jamoalar qanchalik ko‘p o‘zaro tez-tez o‘ynashsa shuncha yaxshi. Biz 16 jamoa bilan doim ham chempionatni bir tekisda yakunlay olmaymiz, bu yerda esa jamoalar sonini 18 ta qilishmoqchi. Shuni yodda tutish kerakki, ba’zi klublar shunchaki moliyaviy imkoniyatlarga ega emas, shuningdek, ko‘plab klublarimiz chempionat saviyasiga mos kelmaydi. Yana ikki jamoa qo‘shilsachi? 18 ta jamoa bizning chempionat uchun emas. Fikrimcha, 10 ta klubdan iborat to‘rtta davrali chempionat tashkil qilinsa ko‘proq foydali bo‘lardi deb o‘ylayman. Chunki, bizning jamoalarning YECHL va YELdagi jamoalar bilan solishtiradigan bo‘lsak, futbolimiz ancha orqada ekanligiga guvox bo‘lamiz. Biz o‘yin tezligida ham ortda qolyapmiz. Futbolimiz ancha sekin. Nega shunday? Chunki jamoalarning o‘zaro saviyalarida farq katta. Kuchli jamoalar kuchli jamoalarga qarshi o‘ynashi kerak. Agar kuchli jamoalar yetarlicha kuchsiz jamoalarga qarshi o‘ynayversa, ularning ham saviyasi bosqichma-bosqich pastga qarab ketaveradi», - Silkinning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Rusfootball.info.

Kiritildi: 12:53, 17.01.2020.
O'qildi: 3036 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.