Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Man. Yunayted 1-0 Nyukasl
27/12 16:30 Parma - Fiorentina
27/12 17:30 Nottingem Forest - Manchester Siti
27/12 19:00 Lechche - Komo
27/12 19:00 Torino - Kalyari
27/12 20:00 Arsenal - Brayton
27/12 20:00 Brentford - Bornmut
27/12 20:00 Byornli - Everton
27/12 20:00 Liverpul - Vulverhempton
27/12 20:00 Vest Xem - Fulhem
27/12 22:00 Udineze - Lasio
27/12 22:30 Chelsi - Aston Villa
28/12 00:45 Piza - Yuventus
28/12 16:30 Milan - Verona
28/12 19:00 Cremonese - Napoli
28/12 19:00 Sanderlend - Lids
28/12 21:30 Kristal Pelas - Tottenhem
28/12 22:00 Bolonya - Sassuolo

Mate Vatsadze — AGMK futbolchisiga aylandi

Mate Vatsadze — AGMK futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga jiddiy hozirlik ko‘rayotgan AGMK jamoasi navbatdagi transferni rasmiylashtirdi.

Jadallik bilan davom etayotgan seleksiya ishlari natijasida klubi navbatdagi transferga qo‘l urdi. Endilikda AGMK jamoasi sharafini Mate Vatsadze himoya qiladi.

O‘tgan mavsumning ikkinchi qismida Superligaga kelgan va ma’lum vaqt "Qizilqum"da o‘ynagan Vatsadze yangi mavsum uchun AGMK bilan shartnoma imzoladi.

Ma’lumot o‘rnida: Mate Vatsadze o‘z vaqtida Gruziya terma jamoasi to‘p tepgan, Yevropa ligasi musobaqasida o‘zini ko‘rsatgan va nufuzli Yevropa chempionlar ligasida o‘ynagan hujumchi hisoblanadi. Mate Yevropa ligasida jami 16 o‘yinda ishtirok etgan va 8ta golga mualliflik qilgan.

Hujumchi Gruziya terma jamoasi safida JCH-2014 hamda Yevro-2016 saralash bosqichi o‘yinlari hamda qator o‘rtoqlik bahslarida ishtirok etgan. Mate terma jamoa safida jami 16 o‘yin o‘tkazgan va raqiblar darvozasini 4 marotaba aniq nishonga olgan.

Mate futbolchilik faoliyatini Gruziyaning mashhur "Dinamo" Tbilisi jamoasida boshlagan va mazkur klub safida 108 o‘yin o‘tkazgan va 48ta gol urgan.

Shuningdek, Mate futbolchilik faoliyati davomida Daniya chempionatida 7 mavsum o‘tkazgan. Daniyaning nomdor "Orxus" klubida 2012-2016 yillar mobaynida o‘ynagan bo‘lsa, keyinchalik "Viborg" hamda "Silkeborg" jamoalari sharafini himoya qilgan.

Mate Vatsadze futbolchilik faoliyatida jami 328 uchrashuv o‘tkazgan va 117ta gol muallifiga aylangan.

AGMKning ahil oilasiga xush kelibsan, Mate!

Umid qilamizki, Mate Vatsadze yangi mavsumda AGMK jamoasi safida yorqin o‘yinlarni namoyish etib, ko‘plab gollar muallifiga aylanadi va jamoamiz tarixida o‘z nomini yozib qo‘yishga muvaffaq bo‘ladi.


Mate Vatsadze haqida qisqacha ma’lumot:

Tug‘ilgan sanasi: 1988 yil, 17 dekabr
Tug‘ilgan joyi: Gruziya
Yoshi: 31
Pozisiya: hujumchi
O‘ynagan jamoalari: "Dinamo" Tbilisi (2005-2010, 2018), "Volga" (Rossiya, 2011), "Dila" (2012), "Orxus" (Daniya, 2012-2016), "Lokomotiv" Tbilisi (2016), "Viborg" (Daniya, 2016-2017), "Silkeborg" (Daniya, 2018), "Liyepaya" (Latviya, 2019), "Qizilqum" (O‘zbekiston, 2019), AGMK (O‘zbekiston, 2020-...)

Manba: АГМК матбуот хизмати
Kiritildi: 17:20, 17.01.2020.
O'qildi: 2157 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.