Tailandda o‘tayotgan 23 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining chorak finali doirasidagi Avstraliya – Suriya o‘yini yakunlandi.
Mazkur bahsning asosiy bo‘limlarida hisob ochilmadi. Qo‘shimcha bo‘limlargacha davom etgan o‘yinning 102-daqiqasida Al-Hassan Turening goli Avstraliya olimpiya jamoasiga Suriya ustidan g‘alaba keltirdi.
Ma’lumot uchun, Avstraliya yarim finalda Janubiy Koreya – Iordaniya o‘yini g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.
Osiyo chempionati. 1/4 final.
18 yanvar (shanba)
Avstraliya - Suriya – 1:0
Gol: Al-Hassan Ture (102).