Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

5–1! O‘zingga ishondingmi, g‘alaba seniki

5–1! O‘zingga ishondingmi, g‘alaba seniki

Baho:
+ | -

Odamning o‘ziga bo‘lgan ishonchi ko‘p narsani belgilab beradi. “Ko‘z qo‘rqoq – qo‘l botir” deb bejizga aytishmagan qadimgilar. Sen o‘zingga ishondingmi, demak, imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q.

Bugun futbolchilarimiz biz uzoq vaqtdan beri tuymagan hissiyotlarni ulashishgani bor gap. Tan olaman, o‘yindan oldin BAA terma jamoasini yirik hisobda yutishimizni kutmagandim. Kichik hisobdagi g‘alabaga ham mingdan-ming rozi edim.

Bugungi yirik hisobdagi g‘alabaning asosiy kafolati – futbolchilardagi o‘zlariga bo‘lgan ishonch. Bugun futbolchilarimiz o‘ziga ishongan odam har narsaga qodir ekanligini isbotlab berishdi. Agar bugungi ishonch oldingi o‘yinda ham bo‘lganida edi, Janubiy Koreyani ham taslim eta olardik. Drulovich oldingi o‘yinlarda kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf eta oldi. Avvalambor futbolchilarga o‘zlariga bo‘lgan ishonchni qaytardi.  Bugun futbolchilarimizning miyasida “BAA oddiy jamoa, biz ularni bemalol yenga olamiz”, degan tushuncha hukmron edi. Qolgani “Psixologiya” darsida o‘qituvchimiz bizga aytgan kabi bo‘ldi: “Miya tanani boshqaradi, tana miyaning buyrug‘ini bajaradi”.

Qolaversa, tarkib ham nisbatan optimalroq ko‘rinish oldi. Drulovich oldingi uchta o‘yindan farqli o‘laroq tarkibni biroz o‘zgartirdi. Bu ham ta’sir ko‘rsatgani bor gap.

Bugun bosh murabbiy futbolchilarimizdagi invidiual mahoratdan foydalana oldi. Oldingi o‘yinlarda futbolchilar o‘rtasidagi bog‘liqlikning yo‘qligi ko‘p narsani yo‘qqa chiqargandi. Ammo bugungi o‘yinda futbolchilar bir-birlarini shunaqa tushunishdiki, natijada yirik hisobda zafar quchdik. Ayniqsa, beshinchi goldagi kombinasiya juda ajoyib chiqdi. Boburning to‘pni o‘tkazib yuborgani va ortdagi futbolchining aynan shuni kutgani hamda vaziyatni golga aylantirgani – bu avvaldan o‘ylangan taktika. Bu mashg‘ulotlar samarasi. Bozorovga esa shunchaki gap yo‘q.

Drulovichga hurmatni saqlab qolgan holda aytaman, bugungi g‘alabada Ro‘ziqul Berdiyev hamda Vadim Abramovlarning imzosi sezildi. Chunki terma tarkibidagi “Nasaf” futbolchilarini Drulovichdan ko‘ra Berdiyev yaxshiroq tushunadi. Abramov ham taktika jihatdan yaxshi mutaxassis. Aslida, biz uchun muhimi g‘alaba, Drulovich bilanmi, Berdiyev bilanmi yoki boshqa mutaxassis bilanmi, farqi yo‘q.

Xullas, bugun kuchlar birlashdi. Bugun o‘yinimiz o‘xshadi, bugun ko‘p jihatdan yaxshi harakat qildik. O‘yindan oldin raqibni o‘rganib chiqqanimiz ham yaxshi bo‘ldi. Vaholanki, oldingi o‘yinlarda ana shu jihat pand berayotgandi.

Oldinda bizni kuchli raqib kutyapti – Saudiya Arabistoni. Tabiiyki, Saudiya Arabistoni BAAdan kuchliroq. Bu esa raqibdan cho‘chish kerakligini emas, yanada mas’uliyat bilan yondashish kerakligini anglatadi.  Biz finalga chiqishimiz va nafaqat Tokio yo‘llanmasini qo‘lga kiritishimiz, balki, amaldagi chempionlikni saqlab qola olishimiz kerak.

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 20:42, 19.01.2020.
O'qildi: 6165 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.