Kirish Ro'yxatdan o'tish
01/07 02:00 Fransiya 3-0 Shvesiya
01/07 06:00 Meksika 2-0 Ekvador
01/07 21:00 Angliya 2-1 Kongo DR
02/07 01:00 Belgiya 3-2 Senegal
02/07 05:00 AQSh 2-0 Bosniya-Gertsegovina
02/07 23:59 Ispaniya - Avstriya
03/07 04:00 Portugaliya - Xorvatiya
03/07 08:00 Shveysariya - Jazoir
03/07 23:00 Avstraliya - Misr

Ronaldu: «Inter» va «Lasio» bilan oradagi farqni oshirishimiz shart edi»

Ronaldu: «Inter» va «Lasio» bilan oradagi farqni oshirishimiz shart edi»

Baho:
+ | -

«Yuventus» hujumchisi Krishtianu Ronaldu «Parma»ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin (2:1) borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ushbu o‘yinda g‘alaba qozonish muhim ahamiyatga ega edi. «Inter» durang o‘ynagani va «Lasio» g‘alaba qozonganidan xabarimiz bor edi. Shuning uchun oradagi farqni oshirib olishimiz shart edi.

Qiyin bo‘ldi. «Parma» – yaxshi shakllangan jamoa. Uni mag‘lub etish qiyin, ammo biz bor kuchimiz bilan harakat qilib, g‘alabaga erishdik. Uch ochkoni qo‘lga kiritdik, muhimi shu», – dedi Ronaldu.

Ushbu g‘alabadan keyin «Yuventus» 51 ochko bilan A seriya jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi o‘rindagi «Inter»da 47 ochko, uchinchi pog‘onadagi «Lasio» hisobida esa 45 ochko mavjud. Rimliklar bitta zaxira o‘yiniga ega.

Manba: sports.ru
Kiritildi: 11:36, 20.01.2020.
O'qildi: 4052 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик