Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/04 18:00 Xorazm 2-1 Dinamo
03/04 19:00 Navbahor 2-1 Mash’al
03/04 20:15 Nasaf 1-0 Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano 1-0 Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona
05/04 17:00 Xetafe - Atletik Bilbao
05/04 18:00 Cremonese - Bolonya
05/04 19:15 Valensiya - Selta
05/04 21:00 Piza - Torino
05/04 21:30 Real Ovyedo - Sevilya
05/04 23:45 Inter - Roma
06/04 00:00 Alaves - Osasuna

Dilshod Saitov: «Saudiya bilan hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilamiz»

Dilshod Saitov: «Saudiya bilan hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilamiz»

Baho:
+ | -

BAA va O‘zbekiston U23 terma jamoalari o‘rtasidagi kecha bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, OTJ a’zosi Dilshod Saidov bilan kichik intervmyu uyushtirdik.

— Dilshod, kechagi kombinasion o‘yin murabbiy ko‘rsatmasi edimi?

— Albatta, murabbiyning ko‘rsatmasi edi. Yigitlar bu o‘yinga nazariy jihatdan ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan edi. Barchasi ish berdi. Arab jamoalariga qarshi musobaqadan oldin o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvlarida to‘p surganimiz ham katta naf berdi deb o‘ylayman. Ularning o‘yin uslubi biznikiga yaqinroq. Shu sababli futbolchilar erkinroq harakat qilishdi.

— Vadim Abramov va Ro‘ziqul Berdiyevning tashrifi nima bilan bog‘liq?

— Birinchi navbatda ular bizga ruhiy ko‘mak berish uchun kelishdi. O‘yin oldidan kirib biz bilan biroz suhbatlashishdi. Hech qanday taktik yoni strategik ko‘rsatmalar bo‘lgani yo‘q. Shunchaki, do‘stona tashrif va ruhiy dalda. Ochig‘i, ular bilan suhbatlashib o‘zimizni xuddi O‘zbekistondagi o‘yinga tayyorgarlik ko‘rgandek his etdik.

— Saudiya Arabistoni bilan o‘yinda ikkinchi raqamda harakat qilasizlarmi yoki birinchi?

— Endi qaysi jamoa kuchli o‘yin ko‘rsatsa, o‘sha jamoa finalga yo‘l oladi. Bu juda va juda muhim  jihat. Shuning uchun musobaqadagi qolgan barcha uchrashuvlarda hujumkor futbol o‘ynashga harakat qilamiz. Asosiysi, jamoaviy hujum va tartibli himoya. Nasib qilsa, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishni niyat qilganmiz.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 17:55, 20.01.2020.
O'qildi: 7756 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик