Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

«Men deyarli o‘lganman» Emiliano Salani xotirlab

«Men deyarli o‘lganman» Emiliano Salani xotirlab

Baho:
+ | -

Marhum futbolchi Emiliano Salaning onasi - Mersedes Taffarel o‘g‘li vafotining bir yilligi munosabati bilan xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.

Sala 2019 yil 21 yanvarda xususiy samolyotida Uelsga yo‘lga chiqqan edi , ammo samalyot belgilangan manzilga yetib bormadi - uning samolyoti La-Mansh kanali bo‘ylab uchayotganda qulab tushdi. 3-fevral kuni qutqaruvchilar kanalning ostki qismidan jasadni topdilar, keyinchalik bu Salaning jasadi ekanligi aniqlandi.

Uch oy o‘tgach, Emiliano Salaning otasi Orasio yurak xurujidan vafot etdi.

- Sala 15 yoshida, bizning eski uyimizdagi oshxonada o‘tirar va menga: "Oyijon, men futbolchi bo‘lishni xohlayman degan edi. U shunchalik orzusi amalga oshishini xoxlagan ediki, unga boshqa jamoaga ko‘chib o‘tishga to‘g‘ri keldi. O‘g‘lim hamma narsaga erishishiga to‘liq ishongan edi va u buni amalga oshirdi, u futbolni sevar edi va fojia oldidan u Premyer-ligada o‘ynash imkoniyatidan juda xursand edi.

- Muxlislar uni tanib qolganida, har safar xijolat tortar edi, lekin har doim to‘xtab, imzolar qo‘yar va muxlislar bilan selfilar tushar edi. Bugun menga o‘g‘limning fotosuratlarini yuborishda davom etayotgan barcha muxlislarga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Yuborilayotgan rasmlarning ko‘plarini men ilgari hech ko‘rmaganman. Menga Fransiya, Angliya va Argentinadan ko‘plab xabarnomalar keladi.

- Afsuski, men tinchlandim deb ayta olmayman. Men hali ham juda xavotirdaman. Men deyarli o‘lganman. Bu dahshatli, dahshatli yil edi. Men Emilianoni juda yaxshi ko‘rardim, unga buni har kuni aytardim.

- O‘g‘limning so‘nggi bor ertalabki soat oltidan qo‘ng‘iroq qilganiga bir yil o‘tdi, ammo xuddi kechagiday tuyulmoqda. Og‘riq pasaymaydi, u hech qachon yo‘qolmaydi, - deya Mersedesning so‘zlarini keltiradi BBC nashri.

Manba: sport24.ru
Kiritildi: 21:08, 21.01.2020.
O'qildi: 7143 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.