Germaniya terma jamoasi sobiq hujumchisi Lukas Podolski faoliyatini Turkiyada davom ettiradi.
34 yoshli futbolchi "Antalyaspor" jamoasiga o‘tdi.
Avvalroq futbolchining shartnomasi bir yarim yilga mo‘ljallanganligi xabar berilgandi.
18-yanvar kuni Podolski yaponiyaning "Vissel Kobe" jamoasini tark etdi va erkin agentga aylangan edi.