Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/05 00:00 Borussiya D 1-0 PSJ
02/05 20:30 Iroq 2-1 Indoneziya
02/05 23:30 Chelsi 2-0 Tottenhem
03/05 20:30 Yaponiya - O‘zbekiston
03/05 22:00 Tuluza - Monpelye
03/05 23:45 Torino - Bolonya
04/05 00:00 Luton - Everton
04/05 00:00 Lans - Loryan
04/05 00:00 Xetafe - Atletik Bilbao
04/05 16:30 Arsenal - Bornmut
04/05 17:00 Real Sosyedad - Las-Palmas
04/05 18:00 Gavr - Strasbur
04/05 19:00 Byornli - Nyukasl
04/05 19:00 Sheffild Yunayted - Nottingem Forest
04/05 19:00 Brentford - Fulhem
04/05 19:15 Real Madrid - Kadis
04/05 20:00 Monako - Klermon
04/05 21:00 Monsa - Lasio
04/05 21:30 Manchester Siti - Vulverhempton
04/05 21:30 Jirona - Barselona
04/05 22:00 Mets - Renn
04/05 23:45 Sassuolo - Inter
05/05 00:00 Brest - Nant
05/05 00:00 Malyorka - Atletiko

2019 yilda umumiy hisobda nechta transfer amalga oshdi? Ularning umumiy qiymati qancha?

2019 yilda umumiy hisobda nechta transfer amalga oshdi? Ularning umumiy qiymati qancha?

Baho:
+ | -

Ortda qolgan yil davomida amalga oshirilgan transferlar haqida kengroq ma’lumot berishda davom etamiz. Bugun o‘tgan 12 oy davomida dunyo klublarining transfer olamida qanchalar faol bo‘lganini bilib olishingiz mumkin.

2019-yilda transfer olami yangi rekordni o‘rnatdi desak, yanglishmagan bo‘lamiz. O‘tgan yili futbol olamida transferlar uchun umumiy hisobda 7,35 milliard dollar sarf etildi. Bundan avvalgi ko‘rsatgich 6,94 milliard edi.

Yil davomida 18 042 ta transfer amalga oshgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatgichdan 9,1 foiz ko‘proq degani. Bu boradagi jadal o‘sishni guvohi bo‘lishimi mumkin.

Shunday bo‘lsada, amalga oshirlgan transferlarning 4,6 foizi 1 million dollardan qimmatroqq sotib olingan futbolchilarni tashkil etadi. 10 milliondan ortiqroqqa baholangan futbolchilarning umumiy ko‘rsatgichdagi ulushi atigi 0,98 foizga teng. Ushbu ro‘yxatdagi futbolchilarning 85,1 foizni erkin agent sifatida boshqa jamoalarga o‘tgan futbolchilar tashil etishini inobatga olsak, qolgan futolchilarning umumiy qiymati o‘rtacha 2,74 million evroga teng bo‘lib qoladi.

Transferlar borasidayevropa yaqqol peshqadamlik qildi. Ushbu qit’aning 1914 jamoasi o‘tgan mavsumda transferlarda faol ishtirok etishga muvaffaq bo‘ldi va 12 290 ta transferni amalga oshirdi. Bu umumiy ko‘rsatgichning 68,1 foizi degani! Erkin agentlar borasida bu qit’a so‘nggi pog‘onada bormoqda. Yevropada amalga oshirilgan transferlarning 57 foizidagina pulsiz kelishuvga erilishgan. Ayrim qit’alarda bu ko‘rsatgic 92 foizga teng.

Eng ko‘p qo‘llanilgan transfer marshrutlari Braziliyadan Portugaliyaga bo‘lib, ortda qolgan yil davomida Janubiy Amerikadan Portugaliyaga 228 ta futbolchi ko‘chib o‘tgan. Angiliyadan Shotlandiyaga 168 ta. Bu boradagi ko‘rsatgichlarning 3-o‘rinini Portgugaliyadan Braziliyaga qaytib ketgan (148 ta) futbolchilar egallashdi.

Angiliya o‘tgan yilgidan kamroq futbolchi xarid qilganiga qaramay, 1,5 milliard yevro sarfladi va bu borada yaqqol peshqadamga aylanib oldi. Ispaniyada esa transferlar uchun 1,23 milliard sarflandi. Italiya klublari futbolchilar uchun 873 million yevrodan voz kechishdi. Agarda, bu ro‘yxatga Germaniya va Fransiyani ham qo‘shadigan bo‘lsak, yil davomida sarf etilgan pullarning katta qismi kuchli beshlik klublari tomonidan ishlatilgani ma’lum bo‘ladi.

2019 yil davomida transferlardan eng ko‘p Portugaliya daromad oldi. Ushbu yurt futbol klublari futbolchilarni sotib olgan pulni ayrib tashlaganda ham 384 million yevro ishlab olishdi. Ulardan keyingi o‘rinni 299 million bilan Braziliya egallamoqda. Kuchli uchlikni Gollandiya 273 million bilan yakunlab beradi.

Eng ko‘p xarid qilingan braziliyalik futbolchilar bo‘ldi. Ushbu yurt futbolchilari umumiy hisobda 1988 ta transferda ishtirok etishdi. Ulardan keyingi o‘rinda 946 ta futbolchi bilan Argentina turgan bo‘lsa, kuchli uchlikni britaniyaliklar (801ta transfer) yakunlab berishadi. Qizig‘i shundaki, 3,4 million aholiga ega Urugvayning 433 ta futbolchisi transfer qilindi.

Futbolchilar uchun sarf etilgan summaning qiymatiga keladigan bo‘lsak, bu borada Fransiya Braziliyaga deyarli yetib oldi. (826 million yevro – 925 million yevro). Shuningdek, portugaliyaliklarnign ham transfer bozorida narxi juda baland. Ularning umumiy qiymayti 544 milliondan oshib ketdi. Belgiyalik futbolchilar ham 500 millionlik ko‘rsastgichni zabt etishga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda Eden Azarning tutgan o‘rni beqiyos.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 20:25, 24.01.2020.
O'qildi: 10867 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.