Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

Taktikani bilmasang, Tokioda nima bor?

Taktikani bilmasang, Tokioda nima bor?

Baho:
+1 | -

Bir tanishim bor. Toshkent-Qashqadaryo yo‘nalishi bo‘yicha kira qiladi. Mashinasida har doim zaxira balloni bo‘ladi. Chunki ishlatayotgan balloni bir safar yaramay qolgan, baxtsizlikka uchragach, zaxiradagi ballonini doim shay holatda olib yuradigan bo‘ldi. Natijada esa mashinasi keyin to‘xtab qolgani yo‘q, ko‘zlagan marrasiga borib-kelib yuribdi. Drulovich esa yemirilib qolgan ballonni zaxirasiga almashtirishga, o‘z o‘rnida zaxira ballonni jangga tayyorlashga intilmadi.

Olimpiya terma jamoamiz musobaqa zaxira “ballonlari” bilan otlangani bor gap. Chunki busiz iloji yo‘q edi. Musobaqa davomida futbolchilar charchashdi ham, kimningdir yoki kimlarningdir o‘yini o‘xshamadi, ammo Drulovich negadir zaxiradan foydalanishni bilmadi.

Yevropa futbolida bir taktika bor. Murabbiy jamoa ishonchli hisobda g‘alaba qozonayotgan bir paytda asosiy hujumchining o‘rniga zaxiradan ikkinchi hujumchini maydonga tushiradi va o‘ynash imkonini beradi. Chunki zaxiradagi hujumchi ham maydonga moslashib, tajriba to‘plashi kerak. Sababi, asosiy hujumchi jarohat olgan bir paytda ikkinchi hujumchi o‘rnini egallashi kerak bo‘ladi. Ana shunda narigi hujumchi to‘plagan tajriba qo‘l keladi.

Drulovichning ana shu narsaga “aqli yetmadi”. Asosiy hujumchi – Bobur Abduxoliqov. Ammo u robot emaski, jarohat olmasa, bexato harakat qilaversa va hokazo. Agar Drulovich Bobur bilan birga Mirahmadovga ham ko‘proq imkoniyat berganida, bugun Mirahmadov dovdiramasmidi, yaxshiroq harakat qilarmidi?

Butun turnir davomida Drulovichning taktika borasida, o‘yinni uqish borasida oqsoqligi sezilib qoldi. Futbolchilarni taktik jihatdan tayyorlash, futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilash borasida murabbiy shtabining ham ojizligi sezildi. Butun musobaqa davomida kerak paytda zarba yo‘llashni o‘rgana olmadik, kerak paytda to‘pdan qutulish kerakligini o‘rgana olmadik, butun musobaqa davomida sovuqqonlikni o‘rgana olmadik.

Bugun biz Avstraliyadan o‘yin borasida ustunlik qilgandirmiz, ammo bu raqibning taktikasi tufayli yuz bergani bor gap. Avstraliya murabbiyi bugungi o‘yinga ana shunday taktika tayyorlagandi.

Futbolchilarda iqtidor bor, ammo ularni tarbiyalaydigan, ularga kerakli ko‘rsatmalarni bera oladigan murabbiy yetishmayapti. Qarang, mashg‘ulotlar paytida kamchiliklar ustida ishlanishi kerak, bitta o‘yindagi xatolar to‘g‘rilanib, ikkinchi o‘yinda o‘sha xato qilinmasligi lozim. Ana shunda mashg‘ulotlar samarali o‘tkazilgani ma’lum bo‘ladi. Bizda esa bu holat to‘liq aks etavermadi.

Bugungi o‘yinda Drulovichning tarkib tanlashda xatoga yo‘l qo‘ygani ham pand berdi. Eng noto‘g‘ri qaror o‘tgan o‘yinda harakatlari qovushmagan Bobur Abduxoliqovni yana asosiy tarkibda maydonga tushirgani bo‘ldi. To‘g‘ri, bu safar asosiy hujumchi emas, qanot futbolchisi sifatida tushirdi, ammo nima farqi bor, yaramay qolgan g‘ishtni uyning qaysi qismiga qo‘ymang, baribir, yaramaydi.

Futbolchilarimizda keraksiz xatti-harakatlar ko‘p. Masalan, Bobur Abduxoliqov qulay vaziyatga chiqqanida zarba berish o‘rniga himoyachilarni aldashga tushdi, o‘yin oxirida Yaxshiboyev jarima zarbasini amalga oshirayotganda to‘pni futbolchilarga yetkazish o‘rniga keraksiz, mantiqsiz zarba yo‘lladi. Umuman, butun o‘yin davomida futbolchilarimizda keraksiz harakatlar yetarlicha kuzatildi. Aytmoqchimanki, Drulovichning vazifasi ana shu kamchiliklarni ham to‘g‘rilash. Mashg‘ulot paytida futbolchilarga “Sen mana bunday vaziyatda mana bunday qil”, “Sen tep”, “Sen uzat” kabi ko‘rsatmalarni to‘g‘ri shaklda bera olish.

Alam qiladigani, tarkibda 11 ta kuchli futbolchi bor, ya’ni murabbiy bemalol tarkibdan 11 ta talabga javob beradigan futbolchi topsa bo‘ladi. Ammo Drulovich ana shu masalada oqsadi.

Afsus, yutqazdik. 

Nizomjon ISLOMOV

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 19:30, 25.01.2020.
O'qildi: 11305 marta.
Fikrlar: 23 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.