Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina 1-2 Udineze
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo

Eng qimmat ijarachi futbolchilar qaysi jamoada jamlangan?

Eng qimmat ijarachi futbolchilar qaysi jamoada jamlangan?

Baho:
+ | -

So‘nggi yillarda futbolchilarni ijaraga olish deyarli urfga aylanib bo‘ldi. Hozirda Yevropaning top jamoalari ham bunda sira tortinishmayapti.

Eng so‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, futbol olamidagi eng ko‘p futbolchilarni ijaraga olgan jamoa Koreyaning “Sanju Sanmu” jamoasi ekan. Ushbu klub xarbiylarga tegishli bo‘lib, uning tarkibidagi 32 ta futbolchining barchasi turli jamoalardan “xarbiy hizmatni” futbol orqali o‘tash uchun jamlanishgan.

Bu borada Ko‘hna qit’ada «Serkl Bryugge»ga teng keladigan jamoa yo‘q. Ayni damda bu klubda 13 ta boshqa klubga tegishli bo‘lgan futbolchilar to‘p surmoqda. Xo‘sh futbolchilarning transfer qiymati borasida barchadan ilgarilab ketgan klublar qaysi? Bugun shu savolga qisqacha javob berib o‘tamiz.

“Parma”

Ayni damda Italiya klubining umumiy qiymati kattagina summa bo‘lishiga qaramay, uning 67 foizini boshqa jamoa bilan shartnomaga ega ijaradagi futbolchilar tashkil etadi. Klubda bir yo‘la 9 ta ijaradagi futbolchi bo‘lib, bu yigitlarning umumiy transfer qiymati 78,5 million yevroga teng. Ijarada to‘p surayotganlardan eng mashxuri sifatida “Zenit”dagi o‘yinlari bilan barchamizga yaxshi tanish bo‘lgan Ernanini ko‘rsatishimiz mumkin. Shuningdek, “Atalanta”dan ijara asosida “Parma”ga kelib qo‘shilgan Deyan Kulushevski ham mavsumni aynan shu klubda boshlagan edi.

“PSJ”

 

Bu yerda barchasi juda oddiy. Transfer oynasining so‘nggi kunida “Inter”dan PSJga o‘tgan Mauro Ikardining transfer qiymati katta tosh bosmoqda. Argentinalik hujumchining ayni damda transfer qiymati 75 million yevroga baholanmoqda. Jamoadagi ikkinchi ijaradagi futbolchi ispaniyalik darvozabon Serxio Riko. Bu futbolchilarning umumiy qiymati 85 million yevroga teng

“Bavariya”

Nemis klubi o‘z an’analariga qarshi borishda davom etmoqda. Nemis jamoasi ijaraga futbolchi olishdan ko‘ra, akademiya yoshlariga imkon berishni afzal ko‘ruvchilar toifasidan edi. So‘nggi yillardagi omadsizliklardan so‘ng, bu jamoa ham o‘z transfer qarashlariga biroz o‘zgaritish kiritishga qaror qilgan ko‘rinadi. Ayni damda jamoada umumiy qiymati 112 million yevroga teng 3 ta ijaradagi futbolchi harakat qilmoqda. Bu summaning kattagina ulushi Koutinoga (70 million yevro)  tegishli. Shuningdek jamoada “Inter”dan kelgan Ivan Perishich(22 million yevro) va “Real Madrid” futbolchisi Odriosolar (20) million yevro) ham mavjud.

“Inter”

Italiya klubi bu borada qolganlardan ajralib turadi. Jamoa klubga taklif qilgan Sensi, Barella, Biragi singari futbolchilar “Inter”ga tezda moslashib ketdi va katta ehtimol bilan klub ularning transfer huquqini to‘liqligicha sotib oladi. To‘g‘ri, Aleksis Sanchesni ham omadli xarid deb bo‘lmaydi, biroq chililik futbolchi jarohatidan forig‘ bo‘lgach, jamoaga yordam berishi mumkin. Ayni damda “Inter”da 5 ta ijaradagi futbolchi mavjud bo‘lib, ularning umumiy qiymati 120,5 millionga baholanmoqda.

“Roma”

Bu ko‘rsatgich borasida yaqqol peshqadamlik qilayotgan rimliklar safida bir yo‘la 7 ta ijaradagi futbolchi mavjud. Quvonarlisi shundaki, jamoa ijaraga olgan futbolchilaridan unumli foydalanmoqda. Kris Smoling, Genrix Mxitaryan, Manchini, Veretu, Kalinich, va  Dzapakostalar jamoaning o‘yin uslubiga tezda moshlasib ketishni uddaladi. “Roma”da ijara asosida to‘p surayotgan futbolchilarning umumiy qiymati 123,7 million yevroga teng. Bu butun futbol olamidag eng “yaxshi” ko‘rsatgich.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 11:24, 30.01.2020.
O'qildi: 8016 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.