Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/11 00:45 Parma 1-3 Atalanta
24/11 01:00 Selta 2-2 Barselona
24/11 15:00 Metallurg 1-0 Surxon
24/11 16:30 Jenoa 2-2 Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona 2-0 Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna 2-2 Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton 2-3 Liverpul
24/11 19:00 Torino 1-1 Monsa
24/11 19:00 Komo 0-2 Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya 1-0 Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich 1-1 Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli 1-0 Roma
24/11 22:30 Leganes 0-3 Real Madrid
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 22:30 Empoli - Udineze
26/11 00:45 Venetsiya - Lechche
26/11 01:00 Nyukasl - Vest Xem

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bila tanishtirishda davom etamiz

“Milan”dan 4 xarid

Milanning “Milan” jamoasi qishki transferlar chog‘ida o‘zini chakki ko‘rsatmadi. Jamoa transfer oynasining so‘nggi kunida ham bo‘sh o‘tirmadi va «Anderlext» AleksisSelemekerni o‘z safiga qo‘shib oldi.

“Rossoneri”lar himoyachini mavsum so‘nggiga qadar ijaraga olishdi. 20 yoshli belgiyalik futbolchining ijara summasi “Milan” uchun 3,5 million yevroga tushdi. Yozda jamoa belgiyalik himoyachining huquqlarini to‘liq sotib olish imkoniyatiga ega.

Eslatib o‘tamiz, Aleksisning transfermarket portalidagi narxi 7 million yevroga teng.

Marko Pyasa Belgiyaga yo‘l oldi

Turinning “Yuventus” jamoasida o‘rnashib olishni uddalay olmagan hujumchi, rasman Belgiyaning “Anderlext” jamoasiga o‘tdi.

Bu haqida belgiya klubining rasmiy sayti ma’lumot tarqatmoqda. Manbaning ma’lum qilishicha, “Anderlext” hujumchini yarim mavsumga ijaraga olmoqda. Transferga oid boshqa ma’lumotlar oshkor qilinganicha yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 24 yoshli xorvat “Yuventus” safiga 2016 yilda kelib qo‘shilgan bo‘lib, shu kunga qadar “Fiorentina” va “Shalke” jamoalarida ijara asosida to‘p surishga ulgurgan.

“Gerta” hazillashmayapti

Germaniyaning “Gerta” klubi ham transfer oynasining so‘nggi kunida xaridni amalga oshirishga ulgurib qoldi. Transfer bozorida faol bo‘lishga intilgan klubning so‘nggi xaridi “Leypsig» klubi hujumchisi Mateus Kunya bo‘ldi.

Bu haqida “ko‘k-oqlar”ning rasmiy sayti xabar bermoqda. Ma’lum bo‘lishicha, 20 yoshli braziliyalik uchun “Gerta” 15 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri kelgan. Futbolchi yangi jamaoasi bilan 2024 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ydi.

Esalatib o‘tamiz, Mateus ushbu mavsumda Bundeliganing 10 ta uchrashuvida maydonga tushgan bo‘lsada, gol kiritishni uddalay olgani yo‘q.

Devi Zelke jamoasini o‘zgartirdi

Germaniyaning “Gerta” klubi hujumchisi Devi Zelke Bundesliganing boshqa bir jamoasi “Verder” safiga borib qo‘shiladigan bo‘ldi. “Verder” hujumchini sotib olish sharti bilan bir yarim yil muddatga ijaraga oldi.

Bu haqida Bremen klubi rasmiy sayti ma’lumot bermoqda. Zelke asli “Verer” tarbiyalanuvchisi bo‘lib, asosiy jamoada 2013/14 yilgi mavsumda debyut qilishga muvaffaq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, hujumchi ushbu mavsumda Bundesliganing 19 ta o‘yinida maydonga tushgan bo‘lib, o‘z hisobiga bir dona gol yozib qo‘ygan.

“Manchester Yunayted” yangi darvozabon oldi

Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasi qishki transfer oynasining so‘nggi kunida o‘z safiga yosh va iqtidorli darvozaboni qo‘shib oldi. Shu kunga qadar “Sautend” klubi sharafini himoya qilgan Natan Bishop endilikda “qizil iblislar” safiga kelib qo‘shildi.

Bu haqida “qizillar”ning rasmiy sayti ma’lum qilmoqda. Transfer summasi qancha ekanligi oshkor qilinmagan bo‘lsada, Bishop “Yunayted” bilan 2022 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga qo‘l qo‘ygani aniq.

Eslatib o‘tamiz, Bishop Angliyaning 3 dvizionida 12 ta o‘yinda ishtirok etdi va har bir o‘yinda o‘rtacha 3 tadan gol o‘tkazib yubordi.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 04:19, 01.02.2020.
O'qildi: 9013 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.