Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/03 01:00 Arsenal 2-0 Bayer
18/03 01:00 Chelsi 0-3 PSJ
18/03 01:00 Manchester Siti 1-2 Real Madrid
18/03 19:15 Qo‘qon-1912 2-1 Navbahor
18/03 19:15 Xorazm 1-2 Bunyodkor
18/03 20:00 Qizilqum 0-1 OKMK
18/03 22:45 Barselona 5-2 Nyukasl
19/03 01:00 Bavariya - Atalanta
19/03 01:00 Liverpul - Galatasaroy
19/03 01:00 Tottenhem - Atletiko
19/03 16:00 Andijon - Mash’al
19/03 18:15 Buxoro - Dinamo
20/03 16:00 Neftchi - Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf - Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona - Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari - Napoli

«Navbahor» ko‘rigiga yangi legionerlar qo‘shilishdi

«Navbahor» ko‘rigiga yangi legionerlar qo‘shilishdi

Baho:
+ | -

Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Belek shahrida olib borayotgan Namanganning “Navbahor” klubi ixtiyoriga kecha kechki payt ikki nafar xorijlik futbolchilar qo‘shilishdi. Bular – rossiyalik Maksim Votinov va Konstantin Morozov.

Maksim Votinov 1988 yil, 29 avgustda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tug‘ilgan. Ampluasi – hujumchi.

Futbolchilik faoliyati davomida Finlyandiyaning “Kuusankoski” (2008 yil), MyuPA (2009-2011 yillar), “Mikkelin” (2009 yil), Rossiyaning “Baltika” (2012 – 2014 yillar), “Arsenal” (2014 yil), “Tosno” (2015 yil), “Sibir” (2016 – 2017 yillar), “Rotor” (2017-2018 yillar), Slovakiyaning “Zemplin” (2016 yil) jamoalarida o‘ynagan.

O‘tgan mavsumni esa Latviyaning “Elgava” klubida o‘tkazgan.

Konstantin Morozov esa 1992 yilning 13 mayida Rossiyaning Tver viloyatida tavallud topgan. Ampluasi – himoyachi.

Futbolchilik faoliyati davomida Rossiyaning “Ximki” (2009 yil, 2011-2012 yillar), “Rubin-2” (2010 yil), “Jemchujina – Sochi” (2011 yil), “Biolog - Novokubansk” (2012 – 2013 yillar), “Kvazar” (2014 yil), “Armavir” (2015-2016 yillar), “Enisey” (2016 yil), “Sochi” (2017 yil), “Ararat” (Moskva, 2017 yil), Armanistonning “Uliss” (2014-2015 yillar) jamoalarida to‘p surgan.

2018 yildan buyon Armanistonning “Alashkert” klubida o‘ynamoqda.

Mazkur legionerlar “Navbahor”ning mashg‘ulotlariga ertadan qo‘shilishadi. Ular klub murabbiylarida yaxshi taassurot qoldirishsa, jamoa bilan shartnoma imzolashadi.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 07:45, 01.02.2020.
O'qildi: 4962 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.