Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut 1-1 Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano 1-1 Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi 3-0 Mash’al
28/02 19:00 Komo 3-1 Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv 3-1 Surxon
28/02 19:15 Dinamo 1-2 Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli 3-4 Brentford
28/02 20:00 Liverpul 5-2 Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl 2-3 Everton
28/02 20:15 Barselona 4-1 Vilyarreal
28/02 22:00 Verona 1-2 Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

A seriya. «Napoli» safarda qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

A seriya. «Napoli» safarda qiyin g‘alabaga erishdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 22-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Gattuzo boshqaruvidagi «Napoli» safarda «Sampdoriya» mehmoni bo‘lib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Neapolliklar dastlabki 16 daqiqa davomida raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishgani tufayli, bugun ular oson g‘alabani qo‘lga kiritadigandek tasavvur uyg‘otgan edi. Ammo oradan ko‘p o‘tmasdan 37 yoshli Kualyarella ajoyib zarba bilan hisobdagi farqni qisqartirdi.

Shundan so‘ng "Samdoriya" hujumchisining yaqin masofadan yo‘llagan zarbasi ustunga tegib qaytgan bo‘lsa, VAR mezbonlarning bitta golini bekor qildi.

O‘yin tugashiga 17 daqiqa qolganida esa VAR yordamida mehmonlar darvozasi tomon penalti belgilandi hamda Gabbyadini undan samarali foydalanib, muvozanatni tikladi.

Qolgan daqiqalarda "Napoli" hujumkorlikni oshirib, raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu g‘alabadan keyin Gattuzo jamoasi o‘z ochkolarini 30taga yetkazib, jadvalda 9-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Italiya chempionati, 22-tur
Sampdoriya – Napoli 2:4 (1:2, 1:2)
Gollar: 0:1 – 3 Milik, 0:2 – 16 Elmaz, 1:2 – 26 Kualyarella, 2:2 – 73, penalti Gabbyadini, 2:3 – 83 Demme, 2:4 – 90+8 Mertens.
Sampdoriya – Audero, Torsbyu, Tonelli, Kolli, Audjello, Ramires (Maroni, 68), Ekdal, Linetti, Yankto (Ronaldu Viyeyra, 79), Gabbyadini, Kualyarella (Bonassoli, 75).
Napoli – Meret, Xyusay, Manolas, Di Lorenso, Mariu Ruy, Elmaz (Politano, 79), Lobotka (Demme, 61), Zelinski, Kalyexon (Mertens, 72), Milik, InsinYE.
Ogohlantirishlar: Elmaz (43), Yankto (43), Ekdal (47), Ramires (58), Linetti (87), Demme (90), Politano (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 08:01, 04.02.2020.
O'qildi: 2998 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.