Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma 1-0 Sassuolo
24/05 20:00 Brayton 0-3 Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli 1-1 Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas 1-2 Arsenal
24/05 20:00 Fulhem 2-0 Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul 1-1 Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti 1-2 Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest 1-1 Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend 2-1 Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem 1-0 Everton
24/05 20:00 Vest Xem 3-0 Lids
24/05 21:00 Napoli 1-0 Udineze
24/05 23:45 Verona 0-2 Roma
24/05 23:45 Cremonese 1-4 Komo
24/05 23:45 Lechche 1-0 Jenoa
24/05 23:45 Milan 1-2 Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal 5-1 Atletiko
25/05 00:45 Torino 2-2 Yuventus

Obid Jo‘raboyev: «Faoliyatimni «Navbahor»da yakunlamoqchiman»

Obid Jo‘raboyev: «Faoliyatimni «Navbahor»da yakunlamoqchiman»

Baho:
+ | -

Yangi mavsumda o‘z oldiga yuksak maqsadlarni qo‘ygan Namanganning “Navbahor” klubi o‘tgan yilgi tarkib o‘zagini deyarli saqlab qoldi. Jumladan, tajribali himoyachi Obid Jo‘raboyev yangi mavsumda ham “Navbahor” sharafini himoya qiladi. Xabaringiz bor, namanganliklar ayni paytda o‘z o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini Turkiyada o‘tkazishmoqda. Mazkur safar oldidan Obid Jo‘raboyev bilan suhbat uyushtirib, unga o‘zimizni qiziqtirgan bir necha savollar bilan murojaat qildik.

Quyida tajribali himoyachining fikrlarini e’tiboringizga havola etamiz.

“Navbahor”ning maqsadi, o‘z o‘yini, Turkiyadagi yig‘in borasida  

- Yangi mavsumda jamoamizning oldiga yuksak maqsad, ya’ni Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilmoqda. Buni amalga oshirish uchun bu yil o‘tgan mavsumdagidan ko‘ra, yaxshiroq to‘p surib, maydonda bor imkoniyatimni ishga solaman.

Fursatdan foydalanib, menga yangi mavsumda ham imkoniyat berishga qaror qilib, jamoada olib qolgan klub rahbariyati, jumladan, Namangan viloyat hokimi Xayrullo Hayitbayevich Bozorov, Namangan shahar hokimi Shavkat Shokirjanovich Abdurazzoqov, “Navbahor” klubi vise-prezidenti Oybek Arifovich Samatov, shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Andrey Antanasovich Kanchelskisga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Ta’kidlaganimdek, bu yil ularning ishonchlarini oqlashga intilaman.

O‘tgan mavsumda maydonda “ikkinchi yoshligim”ni boshdan kechirdim. Bunda murabbiylar shtabi vakillari, shu jumladan, Andrey Kanchelskisning hissasi katta bo‘ldi. U menga ishonch bildirdi, imkoniyat berdi, mashg‘ulotlarda astoydil ishlashimni uqtirdi. Bu esa yakunda o‘z samarasini berib, o‘tgan mavsumda sport formamni tiklab, ajoyib o‘yin namoyish etishga muvaffaq bo‘ldim.

Turkiyada tabiiy chimli maydonlarda mashg‘ulotlar olib borib, kuchli sparring-raqiblarga qarshi maydonga tushamiz. Bu esa yangi mavsumda albatta, o‘z samarasini beradi, degan umiddaman.    

Ustozlari va Kanchelskis to‘g‘risida

- Futbolchilik faoliyatim davomida ko‘plab murabbiylarning mashg‘ulotlarida qatnashganman hamda boshqaruvida o‘ynaganman.

Albatta, har bir murabbiyning o‘z o‘yin uslubi bo‘ladi va ulardan nimadir o‘rgandim. O‘tgan mavsumda rossiyalik mutaxassis Andrey Kanchelskisning qo‘l ostida to‘p surib, mashg‘ulotlarida astoydil shug‘ullandim.

Andrey Antanasovich menga o‘z ustimda ko‘proq ishlashim lozimligi, shunda maydonga tushirishini ta’kidladi. Uning aytganlariga amal qilib, o‘tgan mavsumda o‘z sport formamni tiklashga muvaffaq bo‘ldim.   

Kanchelskis mashg‘ulotlarni yevropacha uslubda olib boradi. Andrey Antanasovich futbolchilik davrida ko‘plab mashhur mutaxassislar, shu jumladan, Valeriy Lobanovskiy va ser Aleks Fergyusondan ko‘p narsani o‘rgangan hamda ushbu saboqlarni biz – futbolchilarga singdirishga harakat qilmoqda. Biz esa buni yangi mavsum davomidagi o‘yinlarda qo‘llashga harakat qilamiz.   

Havas qilgan futbolchilari, jamoa tarkibi to‘g‘risida

- Bolaligimda himoyachi bo‘lganligim uchun Davron Fayziyev va Baxtiyor Ashurmatovlarning o‘yinlariga havas qilardim. Ular o‘z paytida O‘zbekistonning eng kuchli himoyachilari bo‘lishgan.

Ayni paytda o‘tgan yilgi tarkib o‘zagi saqlab qolindi. Shuningdek, tarkibga ancha mahoratli futbolchilar qo‘shilishdi. Ular bilan Xudo xohlasa, o‘z oldimizga qo‘yilgan maqsadga yetamiz, deb o‘ylayman. Asosiysi, niyat yaxshi bo‘lsa bo‘lgani. Shunda o‘z maqsadingizga yetasiz. Axir, aytishadiku, sendan harakat, mendan barakat, deb.  

Albatta, jamoa yetakchisi sifatida yosh futbolchilarga o‘z maslahatimni beraman. Barchamiz bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsad yo‘lida birlashamiz va muxlislarga quvonch ulashamiz, degan niyatdaman.

Futbolchilik faoliyatimni “Navbahor”da yakunlashni niyat qilganman.

Muxlislardan esa jamoamizni yangi mavsumda ham munosib qo‘llab – quvvatlashlarini tilayman. Bu bizga qo‘shimcha kuch-quvvat va ruh beradi.

Baxtimizga barcha ishqibozlar doimo sog‘-salomat bo‘lishsin hamda “Navbahor”ni qo‘llashdan charchashmasin.          

Ma’lumot uchun
Obid Jo‘raboyev – 1986 yil, 17 fevralda Namangan viloyatining Chortoq shahrida tug‘ilgan.
Futbol bilan 10 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan.
Birinchi murabbiyi – Komiljon Abduboyev.
Namangandagi 15-sonli futbol maktab-internatini tamomlagan.
Ampluasi – himoyachi.
O‘ynagan jamoalari: “Xorazm” (Urganch, 2010 yilning 1-davrasi), “Lokomotiv” (Toshkent, 2010 yilning 2-davrasi), “Qizilqum” (Navoiy, 2011 yil), “Sho‘rtan” (G‘uzor, 2012 – 2013 yilning 1-davrasi, 2017 yil),  “Olmaliq” (Olmaliq, 2013 yilning 2-davrasi, 2014 yil, 2015 yilning 2-davrasi), “Bunyodkor” (Toshkent, 2015 yilning 1-davrasi), “Navbahor” (Namangan, 2016 yilning 1-davrasi), “Andijon” (Andijon, 2016 yilning 2-davrasi), “Istiqlol” (Farg‘ona, 2018 yil).
2019 yildan yana “Navbahor”da.
Uylangan, Bunyodbek va Hayotbek ismli o‘g‘illari bor.

Manba: pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 12:37, 04.02.2020.
O'qildi: 2323 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик