Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Duranglar hukmdori kim?

Duranglar hukmdori kim?

Baho:
+ | -

Stadion.uz bu mavsumda durang ko‘p o‘ynayotgan jamoalarga e’tibor qaratadi.

Futbolda jamoalarning durangga ko‘p imzo chekishi klubning o‘yin falsafasi bilan bog‘liq. Ba’zida tomonlar o‘yin tugashidan oldin durangga rozi bo‘lishganini ham payqash mumkin. Futbol uchrashuvlarida duranglar ikkita sababaga ko‘ra yuzaga keladi. Birinchisi: ikki klub ham mag‘lub bo‘lishdan qo‘rqib oldinga o‘tmaydi. Ikkinchisi: faqat g‘alaba uchun maydonga tushgan ikkita dovryurak murabbiylarning shogirdlari to‘qnash kelganda. Bundan tashqari, kimga qarshi to‘p surishing, musobaqa jadvalida tutgan o‘rning va boshqa mayda faktorlar ham bor, biroq asosiy sabab yuqoridagi ikki xolat bo‘lib qolaveradi.

Bugun kuchli beshlik vakillaro orasida eng durang natija qayd etgan jamoalar ro‘yxati bilan tanishtirib o‘tamiz.

13 ta durang = «Arsenal» (Angliya, 10 o‘rin) 

11 = «Vulverxempton» (Angliya, 8 o‘rin)

10 = «Atletik Bilbao» (Ispaniya, 9 o‘rin), «Osasuna» (Ispaniya, 11), «Valyadolid» (Ispaniya, 14) 

9 = «Atletiko» (Ispaniya, 6 o‘rin), «Sheffild Yunayted» (Angliya 7), «Kristal Pelas» (Angliya, 14) 

8 = MYU (Angliya, 7 o‘rin), «Brayton» (Angliya, 15), «Uotford» (Angliya, 19), «Selta» (Ispaniya, 19), «Kalyari» (Italiya, 6), «Reyms» (Fransiya, 7), «Mets» (Fransiya, 16)

Bu mavsum “Arsenal” duranglar borasida chinakam rekord o‘rnatishda davom etmoqda. Qizig‘i shundaki, “kononirlar” APLning 25 ta uchrashuvida maydonga tushishgan bo‘lsa, o‘yinlarning yarmidan ko‘pida (52 foiz) ochkolarni raqib bilan bo‘lishib olishgan. Vaziyatni o‘nglash uchun jamoa tepasiga kelgan Arteta ham duranglar bilan o‘rlashib qoldi. Murabbiy yangi ish joyida yetita uchrashuv o‘tkazgan bo‘lsa, shularning 5 tasida 1 ochko ishladi xolos. Durangchilar orasidagi “Vulverhempton”ni alohida qayd etib o‘tish joiz. Bu jamoa o‘zining kurashuvchanligi sababli bir nechta uchrashuvlarda ochko ishlab oldi va musobaqa jadvaliga qulay o‘rnashib oldi. Afsuski, bu duranglar “Atletiko”ni jadvaldagi o‘rniga salbiy ta’sir o‘tkazmoqda. Agarda, jamoa duranglarning hech bo‘lmasa bir nechtasni ga’labaga aylantirgada 3-o‘rinda ketayotgan bo‘lar edi. "Matraschilar" “Arsenal” va “Manchester Yunayted” singari dunyo futbolida brend darajasiga ko‘tarilgan. Ortiqcha ochko bo‘lishishlar ularning statusiga zarar yetkazishi aniq. “Sheffild”, “Atletik” singari klublar o‘z o‘rnini salqab qolish uchun durangdan foydalinishi turgan gap, biroq grandlar doimmo g‘alaba uchun harakat qilishi kerak.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 01:24, 05.02.2020.
O'qildi: 4322 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.