Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/06 03:00 Urugvay 2-2 Kabo-Verde
22/06 06:00 Yangi Zelandiya 1-3 Misr
22/06 22:00 Argentina 2-0 Avstriya
23/06 02:00 Fransiya - Iroq
23/06 05:00 Norvegiya - Senegal
23/06 08:00 Iordaniya - Jazoir
23/06 22:00 Portugaliya - O‘zbekiston
24/06 01:00 Angliya - Gana
24/06 04:00 Panama - Xorvatiya
24/06 07:00 Kolumbiya - Kongo DR
24/06 23:59 Shveysariya - Kanada
24/06 23:59 Bosniya-Gertsegovina - Qatar

Angliya kubogi. «Liverpul» o‘rinbosarlar jamoasi bilan «Shrusberi»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Angliya kubogi. «Liverpul» o‘rinbosarlar jamoasi bilan «Shrusberi»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Angliya kubogining 4-bosqichi doirasida takroriy o‘yinlar bo‘lib o‘tdi. Angliyada daraja bo‘yicha uchinchi divizion vakili bo‘lgan «Shrusberi» dastlabki o‘yinda o‘z uyida «Liverpul» bilan durang o‘ynagan edi.

«Enfild»dagi o‘yinda esa mersisaydliklar o‘rinbosarlar (U23) bilan ishtirok etishga qaror qildi. Shunga qaramay, mezbonlar hujumkor o‘yin uslubini tanlashdi. O‘yin taqdirini esa avtogol hal qildi. Maydon markazidan yetkazilgan uzatmani markaziy himoyachi Uilyams o‘z darvozasiga joylab qo‘ydi. U darvozabonning oldinga chiqib ketganini ko‘rmay qoldi.

Shu tariqa, «Liverpul» Angliya kubogining nimchorak finaliga yo‘l oldi va bu bosqichda «Chelsi» bilan to‘qnash keladi.

Angliya kubogi, 4-bosqich, takroriy o‘yin
Liverpul – Shrusberi 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 75, avtogol Uilyams.
Liverpul – Kellexer, Uilyams, Xuver, van der Berg, Klarkson (Boys, 90), Lyuis, Keyn, Chirivelya, Jons, Millar (Xardi, 82), Elliot (Dikson-Bonner, 90).
Shrusberi – O`Liri, Ebanks-Lendell, Golburn, Lav, Pyer, Loran, Edvards, Goss (Kammings, 74), Uilyams, Leng (Udo, 57), Uolli (Uoker, 82).
Ogohlantirishlar: Golburn (33), Uilyams (40), Lav (65).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 07:50, 05.02.2020.
O'qildi: 4569 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик