Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino 2-1 Sassuolo
09/05 00:00 Levante 3-2 Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis
10/05 15:30 Verona - Komo
10/05 17:00 Malyorka - Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli - Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest - Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas - Everton
10/05 18:00 Cremonese - Piza
10/05 18:00 Fiorentina - Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao - Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem - Arsenal
10/05 21:00 Parma - Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo - Xetafe
10/05 23:45 Milan - Atalanta
11/05 00:00 Barselona - Real Madrid

Xayrulla Hamidov maqolasi: Sabr mukofoti

Xayrulla Hamidov maqolasi: Sabr mukofoti

Baho:
+ | -

Nelson Mandelani bilmagan odam bo‘lmasa kerak. Afrika xalqlari ozodligi uchun kurashgan, buning natijasida 27 yil ozodlikdan mahrum etilgan. 27 yil, a!!!

20-asrning metin qahramonlaridan biri og‘ir paytlari ham xalqi uchun yashayvergan. Kurashdan to‘xtamagan. Uning jallodlari Nelsondan oldin o‘tib ketishdi dunyodan. U esa, barchasiga sabr qilib, o‘z qarashlarida mustahkam turdi.
 
1990 yili ozodlikka chiqarilgach, uning hayoti endi qanday davom etganini yaxshi bilasiz.  Nelsonni bu sabru matonatlari uchun Nobel mukofoti va Janubiy Afrika Respublikasi Prezidenti lavozimi kutib turardi. Shuningdek, 1918 yili tug‘ilgan siyosatchi uzoq yashadi – 2013 yili vafot etdi. 95 yillik umr. Go‘yo uning 27 yillik qamoq hayoti vaqt e’tibori bilan to‘xtab turganu, ozodlikda shu yillar qo‘shib berilgandek. Ozorlaru sabri uchun mukofot hech kimni ajablantirmagan, albatta.

“Liverpul” ham o‘ttiz yil bo‘ldi Angliya chempioni bo‘lmaganiga. Shuncha yillik jabru omadsizliklari uchun unga mukofotlar qo‘shqo‘llab berilayotganiga jamoa xeyterlarining jahli chiqmasin. Klub nimaiki sovrinlar bo‘lsa olishga arziydi. Bu yil.

Kerakmas deb hisoblagan turniriga akademiyasini yuboryapti va ular asosiy tarkib yenga olmagan klubni mag‘lub etib qo‘ymoqda. Chelsi bilan ham shu tarkib o‘ynasa, londonliklar yutqazib qo‘yishsa, ajablanmayman. Nobel mukofotini ham bu yilcha istisno qilib, Klopp yigitlariga topshirib turing, janoblar! Arziydi.

Xayrulla HAMIDOV

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 15:29, 05.02.2020.
O'qildi: 7293 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик