Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Barselona»ni nima qutqaradi?

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Barselona»ni nima qutqaradi?

Baho:
+ | -

Yoshligimizda buvilarimiz aytishardi: janjalning ovozini mahalla eshitmasin. Agar bir marta eshitib qolsa, keyin quloq solaveradi. Ovoz ko‘tarib gapirsang ham janjalga yo‘yishadi, deb. Barselonadan chiqayotgan "ovozlar" endi janjal hisobiga o‘tyapti. Aslida bunaqa gap-so‘zlar ayni paytda ko‘pgina klublar bazasida yangrayotgan bo‘lishi mumkin. “Mahalla” bilmaydi, xolos.

Xo‘p, Kataloniya klubining muammolari rostan ham jiddiymi? Menimcha, u qadar emas. Chunki istalgan muammoni (agar u chindan ham mavjud bo‘lsa) yaxshi natija bilan berkitsa bo‘ladi. Qatorasiga g‘alabalar barchaning ovozini o‘chiradi. Hech kim hech narsa deyolmaydi.

Rahbariyatning darg‘azab bo‘lgani ham, davomidan Messining instagramda qoldirgan izohi ham ko‘p ehtimol oxirgi natijalarga bog‘liq. “Barsa” ayni paytda barqaror o‘yin ko‘rsatayotgan bo‘lsa-da, natijalarida silkinish bor. Superkubokdagi mag‘lubiyat, Setyen kelgach-da “Valensiya”ga boy berilgan o‘yin va asosiy raqibining peshqadamga aylanib olgani “Barsa” a’zolariga har tomonlama ta’sirini o‘tkazmoqda.

O‘yin uslubi va tiki-taka haqidagi gaplar esa, yaxshi natija qayd etilib tursa, ishoning, umuman gapirilmaydi va eslanmaydi. Jamoa yutqazishni boshladimi, demak, nimadir ishdan chiqqan, degan xulosalar qadimdan bor. Kataloniya tomonda muammoning bosh sababi – natijalar. Bo‘ldi.

Endi “achchiqni achchiq kesadi” deganlaridek, bugungi muammolar girdobiga kirib qolgandek tuyulayotgan jamoani Setyenning allambalo uslublari yo yangi futbolchini jamoaga olib kelish qutqarmaydi. Faqat natija. Natijaning yomonlashuvi shuncha muammolarni yuzaga olib chiqdimi, yaxshi natija o‘sha muammolarni suvning ichiga tiqib yuboradi yana.

Shunday ekan, bugungi bahs “Barselona” uchun juda zarur. Uyida istalgan raqibga syurpriz ulashuvchi Bilbaoning “Atletik”i Messi va uning do‘stlari haqida gapirilayotgan serialga yo yakun yasaydi – yutqazib, yo davom ettirib yuboradi – yengib.

Uchrashuvni shu e’tibor bilan kuzatishimiz kerak. Har xil uslublar, raqamlar odatda muammolarni yopish uchun ishlatilsa, ba’zan o‘yinning asl maqsadidan ham chalg‘itadi.

O‘yin tunda, soat 01:00da. Ikki “Real” ishtirokidagi uchrashuvdan so‘ng kuzatish yanada zavqli.

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 23:50, 06.02.2020.
O'qildi: 5447 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.