Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton 2-0 Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton - Brentford
28/12 01:15 Arsenal - Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter

“Bavariya”ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoa

“Bavariya”ning barcha zamonlardagi futbolchilaridan tashkil topgan ramziy jamoa

Baho:
+ | -

Stadion.uz nemis futboli bayroqdori “Bavariya” tarixidagi eng kuchli futbolchilardan tashkil topgan jamoa bilan tanishtirib o‘tadi.

Ko‘pchilik Zepp Mayerni kutgan bo‘lishi mumkin, biroq Oliver Kanning ham o‘ziga hos ustunligi mavjud. Mayer Bundestimni JCHda g‘olib qilgan bo‘lsa, Kan “Bavariya”ni uzoq kutilgan ECHL g‘olibligini qo‘lga kiritishini ta’minlab bergan.

Filipp Lam (Germaniya)

Butun faoliyati davomida birorta qizil kartochka olmagan Lam haqida soatlab so‘zlash mumkin. Jamoa uchun deyarli butun faoliyatini bag‘ishlagan futbolchi “Bavariya” bilan 21 ta sovrinni boshi uzra ko‘tarishga muvaffaq bo‘lgan.

Frans Bekkenbauer (Germaniya)

Ikkita oltin to‘pni qo‘lga kiritgan futbolchini klub ramziy jamoasiga kiritmaslikning iloji yo‘q. Futbolda ham, menejmentda ham “Bavariya” uchun katta foyda keltirgan inson doimmo hurmatga sazovor.

Xans-Georg Shvarsenbek (Germaniya)

Bekkenbauer bilan birgalikda maydonda “yondirgan” futbolchi jamoa safida deyarli barcha musobaqalarda g‘olib chiqishni uddalagan. U haqida yangi avlod muxlislari yaxshi bilmasliklari mumkin, biroq ishonaverin, u “Bavariya” tarixidagi eng kuchli himoyachilardan bir!

Paul Braytner (Germaniya)

Jamoa safida 350 ta o‘yin va 109 ta gol. Jamoa uchun to‘qqizta sovrinni yutib berishni uddalagan futbolchi o‘zining janjalkash harakteri bilan muxlislar yodida qolgani aniq.

Lotar Matteus (Germaniya)

Ramzi jamoada asosan nemislarning bo‘lishi tabiiy hol. “Bavariya” doimo iqtidorlarni topish va yuzaga chiqarish borasida qolgan jamoalardan bir qadam oldinda bo‘lgan. Jamoa safida 15 ta sovrinni qo‘lga kiritgan Matteus “oltin to‘p” sovrini egasi ham sanaladi.

Bastian Shvaynshayger (Germaniya)

Shvaynida “Oltin to‘p” yo‘q, biroq uning klub safida o‘tkazgan 500 ta o‘yin barcha sovrinlardan qadrliroq. “Bavariya” uchun maydonning deyalri barcha nuqtalarida harakat qilgan Bastian qo‘lga kiritish mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarga “Bavariya” safida erishgan.

Aryen Robben (Niderlandi)

Germaniya futboli yuragining bir burchagida golland futbolchisining bo‘lishi qanchalar g‘alati tuyulmasin, bu adolatli qaror. Qanotdan yorib kirib zarba berish borasida mutaxassis “Bavariya” uchun 20 ta sovrin yutib bergan.

Robert Levandovski (Polsha)

O‘z vaqitda “Real Madrid”ning mo‘maygina taklifiga rad javobini bergan Robert zamonaviy futboldagi eng kuchli markaziy hujumchilardan biri. Qahramonimiz 31 yoshda bo‘lishiga qaramay, rekorlarni yanglashda davom etmoqda.

Gerd Myuller (Germaniya)

 “Kichkina baqaloq Myuller” laqabi bilan raqiblarni titratgan Myullerning jamoa uchun qilgan ishlari haqida kino olish mumkin. Afsuski, Gerd ayni damda 74 yoshda va Alsgeymer kasalligi bilan og‘rimoqda. Eng achinarlisi shundaki, uning yaqinalari nemis futbol afsonasini qariyalar uyiga topshirib yuborishgan. 15 yil davomida fabrikada ishlab ham “oltin to‘p” ga loyiq ko‘rilgan Myuller oldida shlyapamizni yechmaslining iloji yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:36, 07.02.2020.
O'qildi: 6190 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.