Kirish Ro'yxatdan o'tish

Aguero APL rekordini o‘rnatdi

Aguero APL rekordini o‘rnatdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero Angliya premyer-ligasining yanvar oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. 31 yoshli futbolchi o‘tgan oyda 3ta o‘yinda maydonga tushib, 6ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Argentinalik futbolchi uchun ushbu sovrin faoliyatidagi yettinchisi bo‘ldi. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha Aguero «Liverpul» afsonasi Stiven Jerrard va «Tottenxem» forvardi Xarri Keynni ortda qoldirgan holda birinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi.

E’tiborli tomoni, Serxio sovrinlarining 3tasini yanvar oyining eng yaxshi futbolchisi sifatida qo‘lga kiritdi.

Aguero quyidagi oylarda APLning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan:

2013 yil oktyabr
2014 yil noyabr
2016 yil yanvar
2016 yil aprel
2018 yil yanvar
2019 yil fevral
2020 yil yanvar

Manba: sports.ru
Kiritildi: 20:37, 07.02.2020.
O'qildi: 3893 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик