Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/01 01:00 Brentford 0-0 Tottenhem
02/01 01:00 Sanderlend 0-0 Manchester Siti
03/01 00:45 Kalyari 0-1 Milan
03/01 01:00 Rayo Valyekano 1-1 Xetafe
03/01 16:30 Komo - Udineze
03/01 17:30 Aston Villa - Nottingem Forest
03/01 18:00 Selta - Valensiya
03/01 19:00 Sassuolo - Parma
03/01 19:00 Jenoa - Piza
03/01 20:00 Brayton - Byornli
03/01 20:00 Vulverhempton - Vest Xem
03/01 20:15 Osasuna - Atletik Bilbao
03/01 22:00 Yuventus - Lechche
03/01 22:30 Elche - Vilyarreal
03/01 22:30 Bornmut - Arsenal
04/01 00:45 Atalanta - Roma
04/01 01:00 Espanyol - Barselona
04/01 16:30 Lasio - Napoli
04/01 17:30 Lids - Man. Yunayted
04/01 18:00 Sevilya - Levante
04/01 19:00 Fiorentina - Cremonese
04/01 20:00 Everton - Brentford
04/01 20:00 Fulhem - Liverpul
04/01 20:00 Nyukasl - Kristal Pelas
04/01 20:00 Tottenhem - Sanderlend
04/01 20:15 Real Madrid - Betis
04/01 22:00 Verona - Torino
04/01 22:30 Malyorka - Jirona
04/01 22:30 Alaves - Real Ovyedo
04/01 22:30 Manchester Siti - Chelsi

Foydali qariyalar

Foydali qariyalar

Baho:
+ | -

Stadion.uz Yevropa yashil maydonlarida “o‘z yoshiga yarashmagan” o‘yinlarni ko‘rsatayotgan futbolchilar bilan qisqacha tanishtirib o‘tadi.

Yaqindagina 35 yoshni qarshi olgan Krishtiyanu Ronaldu “Yuventus” jamoasi uchun almashtirib bo‘lmas futbolchilardan biri sanaladi. Ko‘plab afsonalar butsalarini mixga ilgan yoshda ham maydonda o‘zini ko‘rsatishdan charchamayotgan Krishga qoyil qolmaslikning iloji yo‘q. Xo‘sh, ko‘hna qit’ada Ronaldu singari katta yoshda bo‘lishiga qaramay saviyali harakat qilayotgan yana kimlarni bilamiz?

Samir Handanovich

 

Barcha bu nuqtada Buffoni ko‘rishni istagan bo‘lsa, ajab emas. To‘g‘ri, italiyalik darvozabon katta futbolni tark etgani yo‘q, biroq uni “Yuventus”ning asosiy darvozaboni deyish noto‘g‘ri. Jijidan farqli o‘laro, yozda 36 yoshni qarshilaydigan Samir Handanovich mukammal o‘yin ko‘rsatishda davom etmoqda. Ayniqsa, Kontening kelishi darvozabondagi ikkinchi nafas yo‘li ochilishiga turtki bo‘ldi. Uning maydondagi dadil harakatlarini kuzatar ekansiz, “Inter” jamoasiga havas qilmaslikning iloji yo‘q.

Santi Kasorla

Bu futbolchi har qanday maqtovlarga loyiq desak, adashmagan bo‘lamiz. Katta futboldan og‘ir jarohat sababli 2 yilga chetda qolib ketishiga qaramay, qahramonimiz futbolga qaytishni uddaladi. 35 yoshli «Vilyarreal» futbolchisi oyoq terisining zararlanishi havfi bo‘lishiga qaramay, yashil maydonga qaytish uchun tavakkal qildi va yakunda jarohatni mag‘lub etdi. Ayni damda uning hisobida 8 ta gol va 5 ta assist mavjud. Bu butun “La Liga”dagi eng yaxshi 6-ko‘rsatgich degani!

 

Zlatan Ibrahimovich

Bundesligadan tashqari barcha kuchli chempionatlarda to‘p surgan Ibrahimovich uchun hech qanday chegaralarning o‘zi yo‘q. U futbol olamining erkatoy farzandlaridan biri. 38 yoshga to‘lgan bo‘lsada, butun boshli “Milan”ni qutqarish uchun okean ortida yetib keldi. Ayni damda uning hisobida 2 ta gol mavjud ekanligini inobatga olsak, barchasi ko‘ngildagidek ketmoqda.

 

Andreas Inyesta

Ispaniya futboli afsonasi ayni damda 35 yoshda bo‘lishiga qaramay, “Barselona” uchun katta naf keltirishi mumkin edi. Bejizga kataloniyaliklarning yangi ustozi uni ortga qaytarishga urunib ko‘rmadi. Yaponiya klubiga sodiqlik namoyish etgancha shartnomasini to‘liq o‘tab berishni avzal ko‘rgan Inyesa uchun Yevropa klublarining eshiklari doimmo ochiq.

Tiago Silva

PSJ jamoasining ramziga aylanib borayotgan Silva 35 yoshga kirib qolganini payqamay ham qolganimiz rost. U shu qadar bir meyorda o‘yin namoyish etib kelyaptiki, vaqt o‘tganini sezmay ham qoldik. Parijliklar sardori bugungi kunda dunyo futbolidagi eng tajribali va iqtidorli himoyachilardan biri bo‘lib turibdi. U borgan sari Karles Puyol singari muxlislar hurmati va e’tiborini qozonishda davom etmoqda.

Xoakin Sanches

Ispaniyalik futbolchi Italiyadagi omadli mavsumlardan so‘ng, butsalarini mixga ilishi tahmin qilingan edi, biroq u to‘xtashni istamadi. Ayni damda “Betis”da “javlon urayotga” 38 yoshli yarim himoyachi hali ham futbolga bo‘lgan qiziqishi so‘nmaganligini aytishdan charchamayapti. Eng qizig‘i shundaki, futbolchi tez orada “Betis” bilan 2021 yilga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekishga yaqin turibdi. Agar bu ish amalga oshsa, Xoakin ham 40 yoshgacha yuqori saviyada o‘ynagan futbolchilar sirasiga kirishi mumkin.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:35, 08.02.2020.
O'qildi: 6623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.