Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Xayrulla Hamidovdan anons: Serial

Xayrulla Hamidovdan anons: Serial

Baho:
+ | -

Hammasiga APL aybdor – tur o‘yinlarini haftaga sochib yuborgan. Qiziqarli o‘yinlarning soni kamroq bu safar.

Ha, bugun “Uzreport”dan bir o‘yin (“Fiorentina” – “Atalanta”, 19:00da), “Futbol TV” kanalida ikki o‘yin (20:00da “Xetafe” – “Valensiya” va 00:45da “Verona” – “Yuventus”) bor.

Dastlab Florensiyadagi o‘yin zaruriyati haqida gapirsam. Hamkasbim Hasan Turdialiyev sharhlab boradigan uchrashuv Bergamo klubiga juda zarur, bilasiz. Kecha “Roma”ning o‘z uyida bolonyaliklardan yengilganini hisobga olsak, Gasperini shogirdlari to‘rtinchi o‘rnini mustahkamlab olishlari kerak bo‘ladi. Ammo “Fiorentina” jim turadi deb o‘ylaysizmi? Aslo. Klub turnir jadvalining ikkinchi qismida – na yevrokuboklarda ishtirok etish uchun kurashayotgan, na xavfli xududdan uzoqlashgan emas.

Maqsadini aniqlab olish uchun ham muxlislari qarshisida “jonga jon” tashlanishi aniq. Endi tasavvur qilavering, ikki jamoa ham g‘alaba uchun o‘ynaydi, ikki jamoa ham durangni mag‘lubiyat hisobida ko‘radi, kurash qanday kechadi, deb o‘ylaysiz?! Hasan rohatlanishi turgan gap.

Orif Tolipovga yanada shiddatli o‘yin nasib etgan ko‘rinadi. Ispaniya chempionatida uchinchi va beshinchi o‘rinda borayotgan “Xetafe” va “Valensiya”. Madrid chetida joylashgan kichik Xetafe sensasiyalar o‘chog‘ida qolgani yetmaganidek, bugun asosiy raqibini yo o‘zidan chetlashtiradi, yo...

O‘rtadagi ochkolar farqi bor yo‘g‘i ikkitani tashkil etadi – 39 va 37. “Sevilya” ham “Xetafe” kabi 39 ochko jamg‘argan. Valensiyaliklarni “Atletiko” ta’qib etayotganini hisobga olsak, 3-o‘rin bilan 9-o‘rin masofasi juda zichlashib ketgan. Bu zichlik ichidan kimdir pastga qulashi, kimdir yuqoriga yaqinlashib olishi mumkin. Shu boisdan oldinlari hech qachon anonsga kirmagan “Xetafe” – “Valensiya” bellashuvi muhim bosqichga ko‘tarildi.

Tundagi ”Verona” – “Yuventus” o‘yinining anonsini “yo‘q tarix” bilan uchrashuv sharhlovchisi Davron Fayziyev chiroyli anons qilib o‘tdi.

Bu o‘yin men uchun ham o‘ta muhim. Chunki menga ertangi Milan derbisi biriktirilgani bois, Veronadagi bahsdan nedir sensasion natija kutyapman. Shunda “Inter” borini tashlashiga majbur bo‘ladi (“Yuventus” uch ochkoni qo‘lga kiritsa ham, Kontening maqsadi o‘zgarib qolmaydi).

“Milan” uchun raqibining o‘rni muhim emas. Ayniqsa, bu yil.

“Derbi” degan so‘zning o‘zi kifoya qiladi. Aksiga olib, Zlatanning yangi do‘stlari aynan shunday o‘yinlarda shov-shuv ko‘tarishsa, mavsum normal o‘tgandek tasavvur uyg‘otishlari mumkin.
 
Xullas, serialning bugungi qismini kuzatmasdan turib ertangi voqealarni anglab qolish qiyin bo‘ladi. Birga kuzatamiz. Birortasi sizni zeriktirib qo‘ymaydi, ishonavering!

Ertangi o‘yinlar haqida esa, ertaga...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 14:59, 08.02.2020.
O'qildi: 4706 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.