Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/03 16:00 Neftchi 3-1 Lokomotiv
20/03 17:00 Nasaf 0-1 Surxon
20/03 18:15 So‘g‘diyona 2-4 Paxtakor
20/03 22:30 Kalyari 0-1 Napoli
21/03 00:45 Jenoa 0-2 Udineze
21/03 01:00 Bornmut 2-2 Man. Yunayted
21/03 01:00 Vilyarreal 3-1 Real Sosyedad
21/03 17:45 Brayton - Liverpul
21/03 18:00 Elche - Malyorka
21/03 19:00 Parma - Cremonese
21/03 20:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
21/03 20:00 Fulhem - Byornli
21/03 20:15 Espanyol - Xetafe
21/03 22:00 Milan - Torino
21/03 22:30 Everton - Chelsi
21/03 22:30 Levante - Real Ovyedo
21/03 22:30 Osasuna - Jirona
22/03 00:45 Yuventus - Sassuolo
22/03 01:00 Lids - Brentford
22/03 01:00 Sevilya - Valensiya
22/03 16:30 Komo - Piza
22/03 17:00 Nyukasl - Sanderlend
22/03 18:00 Barselona - Rayo Valyekano
22/03 19:00 Atalanta - Verona
22/03 19:00 Bolonya - Lasio
22/03 19:15 Aston Villa - Vest Xem
22/03 19:15 Tottenhem - Nottingem Forest
22/03 20:15 Selta - Alaves
22/03 22:00 Roma - Lechche
22/03 22:30 Atletik Bilbao - Betis

Prevyu: “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli”

Prevyu: “Paxtakor” – “SHabab Al Ahli”

Baho:
+ | -

10 fevral kuni Chempionlar ligasidagi o‘yin bilan jamoamiz 2020 yilgi mavsumni boshlaydi.

Ketma-ket uchinchi mavsum “Paxtakor” mavsumni xalqaro maydondagi ishtiroki bilan boshlab beradi. Ilk o‘yinimiz bu safar BAAning eng kuchli jamoalaridan biri, ayni paytda o‘z chempionatida ishonch bilan peshqadamlik qilayotgan “Shabab Al Ahli” jamoasiga qarshi bo‘lib o‘tadi. Dubay shahrining ushbu klubi oxirgi yillarda mavqeini mustahkamlab, sovrinlarni qo‘lga kiritib kelmoqda.

“Paxtakor” mazkur o‘yinga tayyorgarlik doirasida Toshkent va BAAning Abu Dabi amirligida o‘tgan yig‘in, shuningdek, nazorat uchrashuvlari o‘tkazdi. BAAdagi yig‘inda “Rostov” (1:1), “Jilina” (0:0) va “Suvon Samsung” (1:0) bilan bellashuvlar tashkil etildi. “Shabab Al Ahli” esa BAA chempionati uchrashuvlarida maydonga tushdi.

“Sherlar” bu raqibga qarshi 6 uchrashuvda maydonga tushgan. Ulardan ikkitasi “Shabab” va to‘rttasi “Ahli”ga qarshi o‘tkazilgan. Hozirgi jamoa ushbu klublar, shuningdek, “Dubay” jamoasi birlashuvidan tashkil topgan. “Shabab” bilan 1:0 va 1:2 hisoblari qayd etilgan. “Ahli” esa 3:2, 1:0, 2:1 va 2:0 hisoblarida dog‘da qoldirilgan. Demak, umumiy hisobda 6 bahsdan 5tasida jamoamiz ustun kelgan. Raqib darvozasiga 10 to‘p kiritilib, 5 gol o‘tkazib yuborilgan.

O‘yinni jamoalardan diskvalifikasiya sababli o‘tkazib yuborishga majbur futbolchilar mavjud emas.

“Paxtakor” va “Shabab Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 10 fevral, dushanba kuni 16:00da “Paxtakor” stadionida boshlanadi. Muhim bahsda jamoamizni stadionda qo‘llab-quvvatlang!

Manba: pakhtakor.uz
Kiritildi: 16:21, 08.02.2020.
O'qildi: 3978 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик