Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/02 00:45 Roma 3-0 Cremonese
23/02 01:00 Vilyarreal 2-1 Valensiya
23/02 22:30 Fiorentina 1-0 Piza
24/02 00:45 Bolonya 1-0 Udineze
24/02 01:00 Everton 0-1 Man. Yunayted
24/02 01:00 Alaves 2-2 Jirona

La liga. «Xetafe» «Valensiya»ni tor-mor keltirdi (videosharh)

La liga. «Xetafe» «Valensiya»ni tor-mor keltirdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 23-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yin bo‘lib o‘tdi. Jadvalning 4 va 5-pog‘onalari egallab turgan «Xetafe» va «Valensiya» jamoalari Madridda to‘qnash kelishdi.

Mezbonlar nomdor raqibga nisbatan tajovuzkor va hujumkor o‘yin namoyish qilishdi. "Xetafe" o‘yin davomida ko‘plab xavfli vaziyatlarni yaratdi. Ular faqatgina ikkinchi bo‘limga kelib vaziyatlarni golga aylantira boshlashdi.

Xorxe Molina ikkinchi bo‘limda 9 daqiqa oralig‘ida raqib darvozasini ikki marta ishg‘ol qilgan bo‘lsa, o‘yin tugashiga 3 daqiqa qolganida Mata qarshi hujumni samarali yakunlab, hisobni yirik ko‘rinishga keltirib qo‘ydi.

Qishki transfer paytida "Roma"dan ijaraga olingan  Alessandro Florensi 78-daqiqada qo‘pol harakati uchun maydondan chetlatilgan edi.

"Xetafe" ushbu g‘alabadan keyin 42 ochko bilan jadvalda 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La ligasi, 23-tur
Xetafe – Valensiya 3:0 (0:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 58 Molina, 2:0 – 67 Molina, 3:0 – 87 Mata.
Xetafe – Soriya, Nyom (Kenedi, 61), Echeyta, Olivera, Kukurelya, Arambarri, Maksimovich (Timor, 89), Djene, Suares, Mata, Molina (Anxel Rodriges, 80).
Valensiya – Domenek, Florensi, Gabriel Paulista, Gayya, Diakabi, Parexo, Kondogbia, Ferran Torres, Soler (Li Kan In, 70), Rodrigo (Gedesh, 59), Maksi Gomes (Sobrino, 89).
Ogohlantirishlar: Nyom (24), Ferran Torres (63), Gabriel Paulista (64), Suares (64), Maksi Gomes (65), Diakabi (71), Arambarri (75), Echeyta (90).
Chetlatish: Florensi (78).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:07, 08.02.2020.
O'qildi: 4242 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.