Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

A seriya. «Verona» hazillashmayapti: u «Yuventus»ni mag‘lub etdi (videosharh)

A seriya. «Verona» hazillashmayapti: u «Yuventus»ni mag‘lub etdi (videosharh)

Baho:
+ | -

So‘nggi 2 oyda Italiya chempionatida dadil qadam tashlayotgan jamoa paydo bo‘ldi —  bu «Verona». O‘tgan turda "Milan" bilan durang o‘ynagan veronaliklar, kecha oqshom «Yuventus»ni mag‘lub etishdi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmagan bo‘lsa, ikkinchi taym o‘rtalarida Krishtianu Ronaldu hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalarida dastlab Borini muvozanatni tiklagan bo‘lsa, bahs tugashiga 4 daqiqa qolganida Passini turinliklar darvozasi tomon belgilangan penaltini aniq amalga oshirdi.

Shu tariqa, "Verona" turning sensasion natijalaridan birini qayd etdi. E’tiborli tomoni, jamoa A seriya doirasidagi so‘nggi 8ta o‘yinda mag‘lub bo‘lmayapti. Veronaliklar 34 ochko bilan jadvalda 6-o‘ringa ko‘tarilib olishdi.

«Yuventus» esa 54 ochko bilan jadvalda 1-o‘rinni egallab turibdi. Undan 3 ochko ortda borayot gan «Inter» bugun «Milan» bilan to‘qnash keladi.

Italiya A seriyasi, 23-tur
Verona – Yuventus 2:1 (0:0, 2:1)
Gollar: 0:1 – 65 Ronaldu, 1:1 – 76 Borini, 2:1 – 86, penalti Passini.
Verona – Silvestri, Rraxmani, Gyunter, Kumbula, Faraoni, Velozu (Verre, 58), Amrabat, Lazovich (Dimarko, 79), Pessina, Borini, Dzakkani (Passini, 69).
Yuventus – Shchensni, Kuadrado, de Ligt, Bonuchchi, Aleks Sandro, Bentankur (De Shilyo, 82), Pyanich, Rabyo, Duglas Kosta (Remzi, 72), Iguain (Dibala, 59), Ronaldu.
Ogohlantirishlar: Aleks Sandro (20), Lazovich (39), Pessina (41), Dibala (75), Bonuchchi (85).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 06:10, 09.02.2020.
O'qildi: 7488 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик