Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand 1-0 Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt 7-2 Livan
31/01 17:00 Indoneziya 1-1 Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston 3-2 Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo 1-0 Jirona
31/01 19:00 Piza 1-3 Sassuolo
31/01 20:00 Lids 0-4 Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton 0-2 Bornmut
31/01 20:00 Brayton 1-1 Everton
31/01 20:15 Osasuna 2-2 Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli 2-1 Fiorentina
31/01 22:30 Levante 0-0 Atletiko
31/01 22:30 Chelsi 3-2 Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Yevropaning eng kuchli hujumchisi kim?

Yevropaning eng kuchli hujumchisi kim?

Baho:
+ | -1

Stadion.uz “Kuchli beshlik” o‘yinlarida gol kiritish uchun eng kam vaqt sarflayotgan hujumchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Ayni damda, Italiya chempionatida “javlon urayotgan” Krishtiyanu Ronalduning hisobida 19 ta gol mavjud. Portugaliyalik hujumchi gol kiritishi (hisob-kitoblarga qaraganda) uchun bu mavsumda o‘rtacha 88 daqiqa talab etilmoqda. Xo‘sh, bu ko‘rsatgich borasida Yevropaning yetakchi hujumchilari kim? Bugun shu savolga qisqacha javob berib o‘tamiz.

5-o‘rin, Timo Verner

Bundesligada muvaffaqiyatli harakat qilayotgan hujumchi “RB Leypsig” jamoasining asosiy to‘puari ekanligi hech kimga sir emas. Germaniya terma jamoasi futbolchisi davom etayotgan mavsumda 20 ta gol kiritishni uddaladi. Statistik ma’lumotlarga qaraganda, Timo har bir gol uchun o‘rtacha 85 daqiqa yetarli bo‘lmoqda. Bu grand bo‘lmagan klubda to‘p surayotgan futbolchi uchun chakki natija emas.

4-o‘rin, . Robert Levandovski

Myunhen klubi hujumchisi bu mavsumda sermahsullikning yuqori cho‘qqisiga chiqdi. Levandovskiy bu mavsumda Bundeliga o‘yinlarida 22 bor gol kiritishni uddladi. Polshalik futbolchi ayni damda raqib darvozalarini ishg‘ol qilishi uchun 81 daqiqa talab etilmoqda degani. Mutaxassislarning fikricha, Robert o‘zining 31 yoshida o‘zining eng yaxshi mavsumini o‘tkazmoqda.

3-o‘rin, Luis Muriel «Atalanta»

Qizig‘i shundaki, Luis bu mavsumda “Atalanta” safida atigi 9 ta o‘yinni asosiy tarkibda boshlagan bo‘lsada, gol kiritish uchun 74 daqiqani sarf etmoqda. U “Atalanta” safida “A seriya” o‘yinlarida 12 ta gol kiritishni uddladi. Hujumchi klubda asosiy tarkib futbolchisi sanalmasada, gol kiritish uchun barchadan kam vaqt sarflayotgan Yevropaning 3 ta hujumchilaridan biri.

2-o‘rin, Serxio Aguero «Manchester Siti»

 

Ayni damda APL to‘purarlar poygasini Vardi boshqarib borayotgan bo‘lsada, Serhio gol kiritish uchun undan kamroq vaqt sarflamoqda. Qahramonimizning hisobida bugungi kunga kelib 16 ta gol mavjud. statistikaning ma’’um qilishicha, argentinalik hujumchi har bir goli uchun 73 daqiqa sarf etgan. Bu ko‘rsatgich uning naqadar iqtidorli hujumchi ekanligidan dalolat berib turibdi.

1-o‘rin Chiro Immobile «Lasio»

Italiya “A Seriya” o‘yinlarida tinmay gol (25) urayotgan hujumchi musobaqa to‘purarligini deyarli cho‘ntakka solib qo‘yishga muvaffaq bo‘ldi. Uning hisobida shuningdek 6 ta assist ham mavjud. Qahramonimiz ham Aguyero singari har bir goli uchun 73 daqiqa sarf etadi, biroq uning qo‘shimcha statistikalardai ustunligi uchun 1-o‘ringa joylashtirdik.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:45, 10.02.2020.
O'qildi: 12033 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.