Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/05 00:00 Loryan 5-0 Klermon
20/05 00:00 Monako 4-0 Nant
20/05 00:00 Lill 2-2 Nissa
20/05 00:00 Lion 2-1 Strasbur
20/05 00:00 Reyms 2-1 Renn
20/05 00:00 Lans 2-2 Monpelye
20/05 00:00 Tuluza 0-3 Brest
20/05 00:00 Gavr 1-2 Marsel
20/05 00:00 Mets 0-2 PSJ
20/05 19:00 Dinamo 1-1 Paxtakor
20/05 19:00 Surxon 0-1 Nasaf
20/05 21:30 Salernitana 1-2 Verona
20/05 23:45 Bolonya 3-3 Yuventus

David Silvaning o‘rnini kim egallashi mumkin?

David Silvaning o‘rnini kim egallashi mumkin?

Baho:
+ | -

Ushbu mavsum yangi “Manchester Siti”ning eng yaxshi futbolchilaridan biri David Silva uchun “shaxarliklar” safidagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi aniq bo‘lib ulgurdi. Ayni damda, “Manchester Siti” jamoa sardorining o‘rnini to‘ldirish uchun nomzodlarni ko‘rib chiqishni boshladi. Bugun kelajakda David Silvaning o‘rnini to‘ldirishga qodir futbolchilar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Jek Grilish

Bu mavsumda APL uchrashuvlarida Grilish chinakam kashfiyotga aylandi. “Aston Villa” sardori bir o‘zi jamoani havfli zonadan uzoqroq olib ketishga harkat qilmoqda. Jek maydonni juda yaxshi ko‘ribgina qolmay, golni ham oldindan sezish qobiliyatiga ega. Gvardiolaning o‘zi ham Grilishning muxlisi ekanligini ochiqchasiga tan oldi. Darhaqiqat, Grilish o‘zgacha iqtidor egasi. Bundan tashqari, u yosh va sovrinlarga o‘ch. Maydonda doimmo kreativlikka intiluvchi Grilish ortiqcha qiyinchiliksiz David Silvaning o‘rnini to‘ldirishi mumkin.

Isko

“Manchester Siti”ga o‘tishi borasida aanchadan beri mish-mishlar tarqalayotgan Isko tanlovi ham chakki emas.

Aslida Bundan 4 yil avval Pellegrini Isko Alarkonni “Manchester Siti”ga chorlagan edi, biroq yarim himoyachi Madridda qoldi va ketma-ket YECHL musobaqasida g‘olib chiqdi. To‘g‘ri, Iskoning “Real Madrid”dagi yillari omadsiz ketdi deb bo‘lmaydi, biroq ayni damga kelib futbolchi tobora Zidanning o‘yin uslibiga yaroqsiz futbolchiga aylanib bormoqda. Ushbu mavsumda Isko atigi 8 ta o‘yinnigina asosiy tarkibda boshladi. Shunga qaramay, uning fantastik tehnikasi va o‘yinni o‘qish qobiliyati hali yo‘qolganicha yo‘q. Aqil bilan harakat qiluvchi Isko Gvardiola o‘z shogirdlaridan talab qiladigan barcha standartlarga to‘liq javob beradi. Endigina 27 yoshga to‘lgan Isko David Silvaning o‘rnini ortiqcha qiyinchiliksiz yopib yuborishi mumkin.

Fabian Ruiz

Bugungi kunda barcha top klublarning “oromini o‘girlagan” Fabian Ruiz ham ikkinchi David Silva bo‘lishi hech gap emas. Aynan Fabian Ispaniya terma jamoasidagi David Silvaning o‘rnini egallaganidan xabaringiz bor. U bu ishni shunday ustalik bilan amalga oshirdi-ki, xatto muxlislar Silvaning yo‘qligini sezishmayapti ham. Ispaniyalik futbolchi Gvardiola jamoasida ham yo‘qolib qolmasligi aniq. Boz ustiga, u Silvadan ko‘ra jismonan ancha baquvvat va orqararoqda ham jamoa uchun naf keltira oladi. Umuman olganda Fabian bugungi kundagi zamonaviy yarim himoyachilardan talab qilinadigan barcha jihatlarni o‘zida jamlagan universal futbolchi.

Mikel Oyarasabal

 

U aslida qanot futbolchisi bo‘lishiga qaramay, o‘yin chog‘ida asosan markazdan havf tug‘dirishga mo‘ljallangan. “Real Sosyedat” jamoasi murabbiylari Mikelni turli pozitsiyalarda sinab ko‘rishda hali ham davom etishmoqda. O‘tgan masvumda ko‘proq Vinger vazifasida harakatqilgan Oyrasabal so‘nggi uchrashuvlarda hujumchi ortida ham o‘zini yaxshi his qilmoqda. O‘z vaqitda Gvardiola David Silvani to‘liq markaz futbolchisiga aylantirgan edi. Agar Mikel “Shaxarliklar” safiga o‘tsa, Pep uni ham ortiqcha qiyinchiliksiz yangi poztsisyagamoslashtirib olishi mumkin.

Fil Foden

 

Umuman olganda“Manchester Siti” David Silvaning o‘rniga hech kimni xarid qilmasligi ham mumkin. Sababi, jamoa safida iqtidorli Fil Foden mavjud. Pep tomonidan bir necha bor e’tirof etilgan futbolchiga ko‘proq imkon yaratish orqali ikkinchi David Silvani hosil qilish variyanti ham yo‘q emas. Yoshlarga imkon berish va futbolchilarning yangi qirralarini kashf etish borasida chinakam mutaxassis sanalmush Gvardiola Fodenni sekin-asta asosiy tarkiba yaqinlashtirib bormoqda. Masalan, bu mavsum qahramonimiz kubok uchrashuvlarning barchasini asosiy tarkibda boshladi. Bundan tashqari, futbolchi YECHL guruh bahslarining 4 ta o‘yinda hammaydonga tushishga ham ulgurdi. Agar, “shaxarliklar” Fodenga asosiy tarkibda o‘zini sinab ko‘rish imkonini yaratsa, balki David Silvaning o‘rniga futbolchi izlashga o‘rin qolmas. Yana kim biladi deysiz?!

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 23:50, 11.02.2020.
O'qildi: 4577 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.