Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Otabek Shukurov: «InshaAlloh, yozda Yevropaga ketish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman»

Otabek Shukurov: «InshaAlloh, yozda Yevropaga ketish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman»

Baho:
+ | -

Qozog‘istonning Sports.kz internet portali jurnalisti BAAda to‘p surayotgan hamyurtimiz Otabek Shukurov bilan intervyu uyushtirdi.

Yaqindagina BAAda to‘p surgan birinchi qozoq futbolchisiga aylangan Baurjan Islamxan “Al-Ayn” safida o‘zining ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Qizig‘i shundaki, uning jamoasiga raqiblik qilgan “Sharja” klubi safida 23 yoshli o‘zbek futbolchisi – Otabek Shukurov to‘p surdi. Biz transfer qiymati 2 million yevroga teng bo‘lgan 23 yoshli o‘zbek futbolchisi bilan suhbat uyushtirdik.

— Otabek, siz ikki yildan beri BAAda to‘p surib kelyapsiz. Ushbu yurt va mahalliy futbol haqida qanday fikrdasiz?

— Darhaqiqat, bu yerga kelganimga ikki yildan oshdi. Bu yerda ichki birinchilik yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Mahalliy jamoalarda legionerlarning tutgan o‘rni salmoqli. Har bir jamoada yuqori saviyadagi 4 ta xorijlik futbolchi harakat qiladi. Quvonarlisi shundaki, bu yerda har mavsum bir yo‘la 8 ta jamoa chempionlik uchun kurash olib boradi. Intriga katta bo‘lgani bois, o‘yinlar ham qiziqarli o‘tadi.

— O‘zbek futboli bilan BAAdagi futbol o‘rtasida farq kattami?

— Yuqorida aytganimdek, bu yerda asosan legionerlar o‘yinni belgilab beradi. Bizda asosan mahalliy futbolchilar to‘p surishadi. Aynan shu jabhada farq keskin katta.

— Yangi yurtdagi sharoitlarga ko‘nikish qiyin bo‘ldimi?

— Bu yerda yashash yaxshi. Barcha musulmon va atrofda masjidlar ko‘p. Men bu yerda oilam bilan istiqomat qilaman. Hammasi joyida.

— Baurjan Islamxan degan futbolchini taniysizmi?

— Ha albatta, u “Al-Ayn” safiga o‘tdi. Aytishicha, 6 oyga mo‘ljallangan shartnoma tuzibdi. Biz u bilan maydonda ham to‘qnash kelishga ulgurdik. U ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va yaxshi o‘yin o‘tkazdi. Yaxshi futbolchi. Yozda Rossiya yoki Yevropaga ketmoqchi. Qo‘shnilarimizning eng yaxshi futbolchisi deb xisoblayman. U BAA chempionatidan ham saviyaliroq birinchiliklarda to‘p surishga qodir. Unga jarohat olmasligini va ulkan g‘alabalarni tilan qolaman.

— Ayni damda “Al-Ayn” va “Sharja” prinsipial raqiblar sanaladi. Maydonda qozog‘istonlik futbolchiga qarshi dushman bilan jang qilgandek o‘ynadingizmi?

— Ha, aytganingizdek, “Al-Ayn” biz uchun o‘zgacha raqib. Bu mavsumda biz ular bilan chempionlik poygasida ishtirok etyapmiz. Bu mavsumdagi ilk uchrashuvda biz 3:2 natijasida g‘alaba qozongan edi. Ikkinchi oyinda 1:1 o‘ynadik. Ular yaxshi jamoa, biroq biz bu to‘qnashuvlarda 4 ochko ishlab oldik. Islamxan borasida fikrlarim ijobiy. U tezda ko‘nikib ketsa, BAAda o‘ynab ketishiga ishonaman.

— Sizningizcha, “Al-Ayn” qanchalar kuchli jamoa?

— Men Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi safida ham bu klubga qarshi to‘p surganman. Yaxshi va muoliyaviy qudratga ega klub. Ayni damda ularning ishlari chakki emas, biroq bir necha yil ilgari bu klub umuman yuqori darajada edi. O‘tgan yili ularning ishi biroz yurishmadi, biroq bu mavsum hammasi ko‘ngildagidek ketmoqda.

— Avvallari bu yerda o‘zbek futbolchilar juda ko‘p edi. Endi faqat siz o‘zingiz. Buning sababi nimada deb o‘ylaysiz?

— Bunisini bilmadim. Menimcha limit bilan ham bog‘liq. Avvallari bu yerda 3+1 ko‘rinishidagi legionerlarni jalb etishar edi. Bundan 2 yil avval legionerlarning limiti 4+ ko‘rinishida o‘zgartirildi. Shu sababli, klublar bor kuchi bilan Yevropadan futbolchi xarid qilishga tushib ketishdi. Bu yerda legionerlarning o‘yini chiqmasa, bir zumda boshqasini olib kelishadi. Nasib qilsa, bu yerda o‘zbek futbolchilar ko‘payadi. Hozircha men bir o‘zimman.

— Nima deb o‘ylaysiz, BAA chempionatida yuqori tempda o‘ynayotganingiz karyerangiz uchun foydalimi yoki Yevropa ketish to‘g‘ri fikr deb o‘ylasizmi?

— O‘zim Yevropada to‘p surishni istayman. Shu sababli har kuni mashg‘ulotlarda ter to‘kib ishlayman. Ishoning, Yevropaga ketish mening birinchi maqsadim edi, biroq “China Cup” musobaqasidagi jarohatim sababli 5 oy katta futboldan chetda qoldim. Sekin-astalik bilan maydonga qaytgan bo‘lsamda, og‘riq 2-3 oy davomida meni tark etmadi. Faqat shu sababligini o‘tgan yili Yevropaga keta olmadim. InshaAlloh, yozda Yevropaga ketish uchun bor kuchim bilan harakat qilaman. O‘zimning ham niyatim Yevropaga ketish. U yerda futbol qanday darajada ekanligini o‘zingiz ham yaxshi bilasiz.

Manba: sport.kz
Kiritildi: 15:03, 13.02.2020.
O'qildi: 6158 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.