Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/04 00:00 Atletik Bilbao 1-2 Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf 1-1 Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor 2-1 Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum 1-3 So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina 1-0 Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted 1-2 Lids
14/04 00:00 Levante 1-0 Xetafe
14/04 18:00 Xorazm 2-2 Qo‘qon-1912
14/04 20:15 Bunyodkor 0-1 Neftchi
14/04 23:59 Atletiko - Barselona
14/04 23:59 Liverpul - PSJ
14/04 23:59 Arsenal - Sporting
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. Periban vazn tashlash jarayonida kasal bo‘lib qolgan

Bektemir Meliqo‘ziyevning raqibi o‘zgardi. Periban vazn tashlash jarayonida kasal bo‘lib qolgan

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Professional boksning super o‘rta (-76,2 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik Bektemir Meliqo‘ziyev (4-0, 3 KO) 14 fevral (Toshkent vaqti bilan 15 fevral tongida) kuni navbatdagi jangini o‘tkazishi haqida xabar bergandik. Sportchining GoSport.uz internet-nashriga xabar berishicha, jangga bir kun qolganida raqib o‘zgargan.

Ma’lum bo‘lishicha, tomonlar jang chempionlik kamari uchun kechishini hisobga olib, super o‘rta vazn, ya’ni 76,2 kgdan oshirmagan holda vazn o‘lchash marosimidan o‘tish bo‘yicha kelishib olishgan, ammo jangga yaqin yetarlicha vazn tashlay olmagan Marko Antonio Periban kerakli vaznga tushish uchun ortiqcha urinib yuborgan va taroziga chiqishdan oldin o‘zini yomon his qilib, shifoxonaga tushib qolgan.

Bektemirning menejerlari uning uzoq vaqtdan buyon jangga tayyorgarlik ko‘rganini hisobga olib, boks oqshomi tashkilotchisi Oskar de la Hoyya va Golden Boy promouterlik kompaniyasiga istalgan boshqa raqibni (175 fut, 168 fut vaznlardan) topib berishlarini so‘ragan. Natijada shu vaqtga qadar o‘rta vaznda faoliyat olib borayotgan meksikalik bokschi Oskar Kortes (27-5, 14 KO) Bektemirga qarshi ringga chiqishga rozi bo‘lgan. Jang komissiyasi jang o‘tkazilishiga ruxsat berishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Bektemir vazn o‘lchash marosimida 167,4 fut (75,9 kg) tosh bosgan.

Manba: gosport.uz
Kiritildi: 10:32, 14.02.2020.
O'qildi: 2548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик