Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Xayrulla Hamidov maqolasi: Go‘zal fasl

Xayrulla Hamidov maqolasi: Go‘zal fasl

Baho:
+ | -

Ronaldu "Real"dan ketganiga pushaymonligi xususida ko‘p xabarlar beriladi. Men negadir shu gaplarga ishonaman va shunaqa xabarlar yoqadi. Vaholanki, Krishtianu "Yuve"ni ochiqcha bir o‘zi tortayotgan bo‘lsa ham, o‘zini yangi maskanda yaxshi tutmayotgani aniq. "Real" u bilan emas, uning o‘zi "Real" bilan sharaf topganini bilib olsin!

Futbolchi hech qachon klubdan ustun bo‘lmasligi kerak. Daho bo‘lsa ham klubning bir qismi ekanligi o‘z tasdig‘ini topsa, xursand bo‘lib ketaman.

Neymarda ham shunaqa pushmonlik bor. Aniq. U ketib "PSJ" kuchliroq bo‘ldi, biroq "Barselona" kichiklashib qolmadi. Shunaqa xabarlar yoqadi.

Yaqinda Messi haqida ham shunaqa gaplar chiqa boshladi. O‘ylashimcha, Leo yuqoridagi ikki buyuk futbolchi kabi pushmonlik ko‘chasini tanlamaydi. Chunki hatto o‘ziday benazir qobiliyat egasi ketsa ham Kataloniya klubi kichrayib qolmasligini anglaydi. Jamoaga yaqin orada Messichalik yigit kelmas, ammo klub o‘z kunini ko‘raveradi. Leo esa, qayerdadir afsus chekishi turgan gap.

Ertadan boshlab "Barselona" ishtirokidagi o‘yin bilan FUTBOL TV kanalida yana uik-end boshlanib ketadi.

— Messi ketishni unutib, uchinchi o‘rindagi "Xetafe" darvozasini ishg‘ol etishga kirishadi.

— Ronaldu ""Breshiya" bilan rekordini davom ettirsa kerak.

— Rimdagi "Lasio" - "Inter" bahsi ham A seriya bayramining tojdori.

— Dushanba tunida "Chelsi" va MYU o‘yini bilan YECHL ostonasiga yetib kelamiz va so‘ng... ketdi uyog‘i!

Bugun dam olvoling, ertadan boshlab futbol fasli kirib keladi. Bahordan oldin kirib kelguvchi go‘zal fasl...

Xayrulla HAMIDOV.

Manba: https://t.me/x_hamidov
Kiritildi: 18:50, 14.02.2020.
O'qildi: 5931 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик