Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/11 00:45 Lasio 3-0 Bolonya
25/11 01:00 Atletik Bilbao 1-0 Real Sosyedad
25/11 19:00 Al-Ayn 1-2 Al-Ahli (SA)
25/11 21:00 Istiqlol 0-0 Paxtakor
25/11 21:00 Al-G‘arafa 1-3 An-Nasr (SA)
25/11 22:30 Empoli 1-1 Udineze
25/11 23:00 Ar-Rayyan - Persepolis
26/11 00:45 Venetsiya 0-1 Lechche
26/11 01:00 Nyukasl 0-2 Vest Xem

“O‘zbekiston iftixorlari” yoshlar bilan uchrashdi

“O‘zbekiston iftixorlari” yoshlar bilan uchrashdi

Baho:
+ | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston iftixori” Murodjon Ahmadaliyev, Bahodir Jalolov hamda boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari Aliyor Noraliyev, Mahmud G‘oyipov bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda o‘qituvchilar, xodimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Ma’lumki, boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari bugun dunyodagi ko‘plab davlatlarda bo‘lib o‘tayotgan sport musobaqalarida ishtirok etib, peshqadamlikni qo‘ldan bermay kelmoqda. Buning yaqqol misolini jahon chempionatlarida egallangan zafarli yutuqlar orqali ko‘rib turibmiz.

Xususan, yaqinda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Mayami shahrida professional boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan musobaqada hamyurtimiz — Murodjon Ahmadaliyev amerikalik sprotchi Daniyel Romanga qarshi ringga kutarilib, yuksak mahorat va metin iroda bilan g‘alaba qozondi. Bu bilan sportchimiz yurtimiz boks sporti tarixida ilk marotaba “WBA” va “IBF” yo‘nalishlarida rekord natija qayd etib, jahon chempionligini qo‘lga kiritdi.

Image result for murodjon akhmadaliev wba ibf

Albatta, shu kungacha o‘zbekistonlik bokschilardan Artur Grigoryan va Ruslan Chagayev singari sportchilarimiz jahon chempionligi kamarini qo‘lga kiritgan edi. Ammo, o‘zbek bokschilaridan hali hech kim bir yo‘la ikki yo‘nalishda chempionlik kamarini qo‘lga kiritmagandi.

– Yutuqlarimning barchasi onamning duolari, ustozlarim bergan ta’lim-tarbiya mahsulidir, – deydi “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi Murodjon Ahmadaliyev. – Ularning menga ko‘rsatgan e’tiborlari hamda xalqimizning bildirgan ishonchi orqali jahon chempioni bo‘ldim.

Darhaqiqat, sportchimizning ko‘rsatgan jasorati nafaqat yoshlarga, balki kelajak avlodlarga ham katta bir ibrat maktabini o‘taydi. Buning yorqin misoli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan Professional boks bo‘yicha jahon chempioni Murodjon Axmadaliyevga yo‘llangan maktubda ham o‘z aksini topgan.

Unda “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni sohibi M.Ahmadaliyevning jahon chempionatida erishgan tarixiy g‘alabasi  millionlab tengdoshlariga ibrat ekani, o‘zbek boks sport turining yangi pog‘onaga ko‘tarilgani va butun dunyo o‘zbek sportchilariga havas ko‘zi bilan qarayotgani ta’kidlandi.

Albatta, mazkur yutuqlar zamirida ona diyorimizda yosh avlod kamoloti, ularning hech kimdan kam bo‘lmay ulg‘ayishi uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar mujassam. 2020 yil 24 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni esa mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yangi bosqichga kutarishi shubhasiz.

Sportchilar bilan do‘stona muloqotdan talaba-yoshlar ham bir olam kuch va taassurotlarga ega bo‘ldi. Ayniqsa, sportchilarimizning mashaqqatli mehnati, matonati va ustozlar ko‘rsatmasi, mehribon ota-onalar duolari ijobati borasidagi hayotiy fikr-mulohozalar barchani faollikka undagai bilan foydali bo‘ldi.

Samimiy o‘tgan uchrashuv yakunida talabalar sportchilarimiz hayoti va sportchilik faoliyatiga doir savollariga javob olib, “O‘zbekiston iftixorlari”  bilan estalik uchun suratga tushishdi. 

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Matbuot xizmati

Manba: iiau.uz
Kiritildi: 18:58, 14.02.2020.
O'qildi: 10274 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.