Biroz avval poytaxtimizda davom etayotgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining qizlar o‘rtasidagi -59 kilogramm vazn toifasidagi bahslari yakunlandi.
Ahamiyatlisi, ushbu vazn toifasida o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi yo‘nalishlarda qizlarimiz chempionlikni qo‘lga kiritishdi. Madinabonu Jo‘rayeva o‘smirlar toifasida g‘olib bo‘ldi. Yoshlar o‘rtasida esa buxorolik Barchinoy Eshqulova murosasiz kechgan raqobatda xitoy taipeyilik YA-Ting Xuangni 1 kilogrammga ortda qoldirishga erishdi.
Yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati.
Qizlar, -59 kg:
1. Barchinoy Eshqulova (O‘zbekiston) – 181 kg (79 kg, 102 kg)
2. YA-Ting Xuang (Xitoy Taipeyi) – 180 kg (80 kg, 100 kg)
3. Nimala Chingaxam (Hindiston) – 164 kg (72 kg, 92 kg)
O‘smirlar o‘rtasida OCH
Qizlar, -59 kg:
1. Madinabonu Jo‘rayeva (O‘zbekiston) – 158 kg (68 kg, 90 kg)
2. Fu Yang Gao (Xitoy Taipeyi) – 149 kg (66 kg, 83 kg)