Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/03 00:45 Udineze 3-0 Fiorentina
03/03 01:00 Real Madrid 0-1 Xetafe
04/03 00:30 Bornmut 0-0 Brentford
04/03 00:30 Everton 2-0 Byornli
04/03 00:30 Lids 0-1 Sanderlend
04/03 01:15 Vulverhempton 2-1 Liverpul
04/03 18:45 Qo‘qon-1912 - Paxtakor
04/03 19:15 Qizilqum - Andijon
04/03 23:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
05/03 00:30 Aston Villa - Chelsi
05/03 00:30 Fulhem - Vest Xem
05/03 00:30 Brayton - Arsenal
05/03 00:30 Manchester Siti - Nottingem Forest
05/03 01:15 Nyukasl - Man. Yunayted
05/03 19:00 Navbahor - Buxoro
05/03 19:15 Mash’al - Lokomotiv
05/03 19:30 Surxon - Neftchi

La liga. «Barselona» qiyin g‘alabaga erishdi

La liga. «Barselona» qiyin g‘alabaga erishdi

Baho:
+ | -

Ispaniya La ligasining 24-turi doirasida «Barselona» o‘z maydonida jadvalda 3-pog‘onani egallab turgan «Xetafe»ni qabul qilib, qiyin g‘alabaga erishdi.

Mehmonlar uchrashuvni yuqori pressing bilan boshlab, raqibning vaziyat yaratishiga imkon bermadi. Aksincha, madridliklar 23-daqiqada hisobni ochishgan edi. Burchak zarbasidan keyin Molina bosh bilan zarba berdi, ter Shtegen qaytardi. Qaytgan to‘pni Allan Nyom darvozaga joyladi!  Ammo VAR ko‘rsatdiki,  Nyom to‘pga ega chiqishdan oldin o‘zini ta’qib qilayotgan Umtitiga qonunga xilof ravishda yiqitgan ekan. Shu bois, gol bekor qilindi.

33-daqiqada esa mezbonlar hisobni ochishdi. Messining ajoyib uzatmasidan keyin Grizmann darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani zabt etdi. Oradan 6 daqiqa o‘tib kataloniyaliklar ikkinchi golni ham urishdi. "Barselona" o‘ziga xos qisqa paslar bilan hujum tashkil qildi. Firpo qanotdan yetkazgan uzatmani Serji Roberto darvozaga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limni Setyen shogirdlari sokinlik bilan olib borishayotgan edi. Ammo 66-daqiqada "Xetafe" hisobni qisqartiruvchi golni urdi. O‘ng qanotdan yetkazilgan to‘pni tushirmasdan Anxel Rodriges 14 metrdan darvozaga joylab qo‘ydi.

O‘yinga intriga qaytganidan keyin qolgan daqiqalar ancha qiziqarli kechdi. Jumladan, "Xetafe" "standartdan hisobni qisqartirishga yaqin keldi, ammo ter Shtegen jamoasini qutqardi. Antuan Grizmann esa ikkita qulay vaziyatni ko‘kka sovurdi.

Shunga qaramay, "Barsa" g‘alabani saqlab qoldi, ochkolari bo‘yicha "Real"ga yetib oldi.

Ispaniya La ligasi, 24-tur
Barselona – Xetafe 2:1 (2:0, 0:1)
Gollar: 1:0 – 33 Grizmann, 2:0 – 39 Serji Roberto, 2:1 – 66 Anxel Rodriges.
Barselona – ter Stegen, Serji Roberto, Umtiti, Pike, Alba (Firpo, 22), Buskets, Artur (Rakitich, 75), de Yong, Fati (Vidal, 85), Grizmann, Messi.
Xetafe – Soriya, Echeyta, Djene, Nyom, Kukurelya, Maksimovich, Arambarri, Etebo (Ndiaye, 67), Olivera (Kenedi, 52), Mata, Molina (Anxel Rodriges, 52).
Ogohlantirishlar: Umtiti (49), Mata (73), Firpo (82), Fati (85), Kenedi (89).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:02, 15.02.2020.
O'qildi: 3736 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.