Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

La liga. «Real» o‘z uyida jangovar durangga imzo chekdi (videosharh)

La liga. «Real» o‘z uyida jangovar durangga imzo chekdi (videosharh)

Baho:
+ | -

«Real» klubi Ispaniya chempionatining 24-turi doirasida o‘z uyida La liga autsayderlaridan biri — «Selta»ni qabul qilib, kutilmaganda, ochko yo‘qotdi.

Vigoliklarning rossiyalik legioneri Fyodor Smolov uchrashuvning 7-daqiqasida darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatga chiqib ketdi va darvozani ishg‘ol qildi.

Madridliklar ikkinchi bo‘limga kelib hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. Kroosning zarbasidan keyin to‘rga borib tushdi. Raqib darvozasi tomon bosim uyushtirishda davom etgan Zidan jamoasi ko‘p o‘tmay hisobda oldinga chiqib oldi. Darvozabon Eden Azarga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun penalti belgilandi. Ramos esa 11 metrli jarima zarbasidan samarali foydalandi.

Shundan so‘ng "qaymoqranglilar" biroz xotirjamlikka berilishgan bo‘lsa, «Selta» to‘p nazoratini o‘z tomoniga og‘dirdi. O‘yin tugashiga 4 daqiqa qolganida uyushtirilgan chiroyli hujumni Santi Mina aniq yakunlab, hisobni  tenglashtirdi.

Qolgan daqiqalarda mehmonlar ishonchli himoyalanib, durangni saqlab qolishdi.

Ushbu durang tufayli "Real" esa "Barselona"dan atigi 1 ochko oldinda bormoqda.

Ispaniya La ligasi, 24-tur
Real Madrid – Selta 2:2 (0:1, 2:1)
Gollar: 0:1 – 7 Smolov, 1:1 – 52 Kroos, 2:1 – 65, penalti Ramos, 2:2 – 85 Santi Mina.
Real Madrid – Kurtua, Varan, Karvaxal, Marselo, Ramos, Kazemiro, Valverde, Azar (Vinisius Junior, 73), Kroos (Modrich, 81), Beyl (Mendi, 84), Benzema.
Selta – Ruben Blanko, Olasa, Arauxo, Aydu, Vaskes (Sisto, 55), Yokushlu, Rafinya, Bradarich (Santi Mina, 83), Murilyo, Smolov (Denis Suares, 70), Aspas.
Ogohlantirishlar: Olasa (57), Beyl (72), Karvaxal (74), Yokushlu (76).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 02:56, 17.02.2020.
O'qildi: 8475 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.