Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/02 13:00 Iroq 2-4 Eron
05/02 17:00 Indoneziya 5-3 Yaponiya
07/02 00:45 Verona - Piza
07/02 01:00 Lids - Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta - Osasuna
07/02 17:30 Man. Yunayted - Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut - Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal - Sanderlend
07/02 20:00 Byornli - Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem - Everton
07/02 20:00 Vulverhempton - Chelsi
07/02 20:15 Barselona - Malyorka
07/02 22:00 Jenoa - Napoli
07/02 22:30 Nyukasl - Brentford
07/02 22:30 Sevilya - Jirona

Arveladze: "O‘yinimizda kamchiliklar bor"

Arveladze: "O‘yinimizda kamchiliklar bor"

Baho:
+ | -

"Paxtakor"ning Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi doirasidagi Eronning "Shahr Xodro" klubiga qarshi o‘yinidan keyin matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda Shota Arveladze va Igor Sergeev ishtirok etdi.

Shota Arveladze:
— Yigitlar va muxlislarni yirik g‘alaba bilan tabriklayman. Lekin o‘yinimizda baribir kamchiliklar borligi bilindi. Mavsum boshida ekanimiz sezildi, bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydik. Ikkinchi bo‘limda o‘yinni o‘zgartirdik va uch gol urdik. O‘yin amaliyoti kamligi bilindi. Eron jamoalari jismonan baquvvat ekanini ta’kidlash lozim. Shunga qaramay, ikkinchi bo‘limda ular ham charchab qolishgandek bo‘ldi.

Futbol jamoaviy o‘ynaladi. Darvozabon qutqarishi, hujumchi esa gol urishi kerak. Bugun shunday bo‘ldi. Xatolar ham jamoaviy xatolardir. Markazda ko‘plab to‘p yo‘qotishlarga yo‘l qo‘ydik. Buning sababi yetarli sur’atga kirib olmaganimiz bilan bog‘liq.

Igor Sergeev:
— Qiyin o‘yin o‘tkazdik, ammo muhim g‘alabani qo‘lga kiritdik. Birdamlik bilan o‘ynab ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirdik. Ishqibozlarga rahmat aytaman. Ular bizga katta yordam berishdi.

Manba: @pakhtakor_fc
Kiritildi: 18:22, 17.02.2020.
O'qildi: 4793 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.