Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli 1-2 Jenoa
28/12 19:00 Parma 2-1 Monsa
28/12 22:00 Kalyari 0-3 Inter
29/12 00:45 Lasio 1-1 Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul
30/12 00:45 Milan - Roma
30/12 22:30 Komo - Lechche

“Evro 2020” ni o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

“Evro 2020” ni o‘tkazib yuboradigan yulduzlar

Baho:
+ | -

Stadion.uz  “Evro 2020” musobaqasini (katta ehtimol bilan) o‘tkazib yuborishi mumkin bo‘lgan futbolchilara qisqacha to‘xtalib o‘tadi.

Nikola Zaniola

Italiyalik futbolchi o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun “Inter” va “Fiorentin”da ter to‘kkan bo‘lsada, mashxurlikni unga “Roma” jamoasi taqdim etdi.

Baland bo‘yli bo‘lishiga qaramay, kuchli tehnika egasi sanaluvchi hujumkor yarim himoyachi bir mavsumning o‘zida “Roma”ning kelajagi sifatida e’tirof etila boshlaganidan xabaringiz bor.

Qahramonimiz Italiya terma jamoasiga 2018-yilning avgust oyidayoq chaqiruv olishga muvaffaq bo‘ldi. Eng qizig‘I shundaki, u o‘sha paytda “A Seriya”ning birorta uchrashuvida maydonga tushmagan edi. Qit’a chempionati uchun saralash bahslarining 5 tasida maydonga tushgan Nikolo o‘z hisobiga 2 ta gol yozib qo‘yishga ham ulgurdi. Uning o‘yinidagi o‘sishni kuzatgan Roberto Manchini ham futbolchini qit’a birinchiligiga olib ketishga qaror qilgan edi, biroq “A seriya”ning 19 turida ortirib olingan jarohat barchasini barbod qildi. “Yuventus”ga qarshi uchrashuvni og‘riq bilan boshlagan Zaniola Rabio tomonidan qo‘pollik bilan to‘xtatiladi.

Futbolchi bir yo‘la bir nechta jarohat ortirib olgani uchun jarrohlik stoliga yotishga majbur bo‘ldi va 5 oy futboldan chetda qoldi. Endi qahramonimiz “Roma”ga ikkinchi davrada yordam bera olmaydi. Eng achinarlisi esa, o‘z faoliyatidagi ilk katta musobaqani ham o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.

 

Merix Demiral

“Evro 2020” musobaqasini ochib berishi kerak bo‘lgan Italiya – Turkiya o‘rtasidagi o‘yinda nafaqat Zaniola, balki Turkiya yetakchisi Merix Demiralni ham ko‘rmaydigan bo‘ldik. Dunyoning eng kuchli himoyachilari yig‘ilgan jamoada asosiy tarkib futbolchisiga aylangan turkning ishlari ko‘ngildagidek ketayotgan edi. U De Ligtdan foydaliroq ko‘rinibgina qolmay, qishki transferlar arafasida eng «bozori chaqqon” futbolchi darajasiga ko‘tarilishga muvaffaq ham bo‘ldi. Afsuski, jarohat atalmush “balo” uni uni chetlab o‘tmadi.

Tasodifni qarangki, Demirel ham Nikolo maydonni erta tark etgan uchrashuvda jarohat ortirib oldi. Afsuski, u ham Zaniola singari katta ehtimol bilan faoliyatidagi ilk katta musobaqani o‘tkazib yuborishga juda yaqin turibdi. Ayni damda, himoyachi jarohatdan forig‘ bo‘lish uchun mahsus rejimda mashg‘ulotlar o‘tamoqda, biroq uning to‘liq sport formasini tiklab olishini Yevropa chempionati kutib turmasligi aniq.

Harri Keyn

Ingliz muxlislarining “ishongan tog‘i”, terma jamoa sardori va to‘purariham bugungi ro‘yxatdan joy olmoqda.

Yeropa birinchiligi saralash uchrashuvlarining barchasida ishtirok etgan va 12 tagol kiritgan Keyn uchun 2020-yil omadsiz boshlangani rost. Qahramonimiz 1-yanvar sanasida “Sautgempton” bilan uchrashuvni jarohati sababli erta yakunladi. Avvaliga shifokorlar futbolchini bahorda safga qaytishini ma’lum qilishdi, biroq keyinroq tizzasining yuqori qismidan og‘ir jarohat olgani ayon bo‘ldi. Yangi tashxis natijalariga ko‘ra, Keyn 6 oy futboldan chetda qoladigan bo‘ldi. Bechora ingilizalar katta ehtimol bilan qit’a birinchiligida o‘z sardori va asosiy hujumchisisiz borishlariga to‘g‘ri keladigan ko‘ranadi. Keynning naqadar sekik sport formasiga kirishini inobatga olmagan taqdirimizda ham, qahramonimiz faqat Yevropa chempionatining Londonda bo‘lib o‘tadigan final o‘yinida ishtirok etishi mumkin xolos.

Memfis Depay

“Lion” yetakchisi va sardori ushbu mavsumni juda ko‘tarinki kayfiyatda boshlagan edi. Mavsumning birinchi yarimida 15 ta gol va 10 assistni amalga oshirishg ulgurgan yarim himoyachi 15 dekabr sanasida (“Ren”ga qarshi uyda o‘tgan o‘yinda) bo‘lib o‘tgan uchrashuvda og‘ir jarohat oldi va maydonni kutilganidan erta tark etdi. Avvaliga futbolchi 2 haftada sarfga qaytishi haqidagi ma’lumotlar paydo bo‘lgan edi, biroq ko‘p o‘tmay “Lion” rasman Depay uchun mavsum o‘z yakuniga yetganini ma’lum qildi. Juda katta ehtimol bilan Depay “Evro 2020” ni ham o‘tkazib yuboradigan ko‘rinadi. Shifokorlarning aytishicha, futbolchi kelasi mavsumdagina o‘zining avvalgi sport foramasini tiklab olishi mumkin.

Achinarlisi shundaki, Depay nafaqat “Lion”ning balki, Gollandiya terma jamoasining ham asosiy futbolchisi sanaladi. Ayni damda Kuman qo‘l ostida Depayni almashtirishga qodir futbolchi yo‘q. Endilikda, murabbiy jamoa uchun tanlagan taktik sxemasini qayta ko‘rib chiqishiga to‘g‘ri keladigan ko‘rnadi.

Nikolos Zyule

Bundesliganing so‘nggi mavsumlaridagi eng yaxshi himoyachisi Nikolos Zyule uchun Yevropa chempionatlari eshiklari yopilib bo‘ldi desak, adashmagan bo‘lamiz.

Himoyachining o‘zi hali umid borligi haqida tinmay so‘zlayotganiga qaramay, “Bavariya” rahbariyati Zyuleningsog‘lig‘ini asrash maqsadida uni musobaqaga qo‘yib yubormasligini rasman e’lon qilib ulgurdi.Qahramonimiz Bundesliganing 8-turida bo‘lib o‘tgan o‘yini jarohati sababli yakunlay olmadi.

Shifokorlar himoyachida “O‘zaro kesishgan paylarning uzilishi” kuzatilgani uchun uzoq muddatga safdan chiqqanini e’lon qilishganiga qaramay, Zyulemusobaqaga tayyorgarlik ko‘rishda davom etmoqda.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 14:30, 18.02.2020.
O'qildi: 10920 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.