Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/04 16:30 Brentford - Fulhem
18/04 18:00 Udineze - Parma
18/04 18:00 Neftchi 2-1 Nasaf
18/04 19:00 Lids - Vulverhempton
18/04 19:00 Nyukasl - Bornmut
18/04 19:00 Mash’al 0-1 Xorazm
18/04 20:15 Paxtakor 4-2 Dinamo
18/04 21:00 Napoli - Lasio
18/04 21:30 Tottenhem - Brayton
18/04 23:45 Roma - Atalanta
19/04 00:00 Chelsi - Man. Yunayted
19/04 15:30 Cremonese - Torino
19/04 16:00 So‘g‘diyona 2-3 Bunyodkor
19/04 18:00 Verona - Milan
19/04 18:00 Everton - Liverpul
19/04 18:00 Aston Villa - Sanderlend
19/04 18:00 Nottingem Forest - Byornli
19/04 18:15 Qo‘qon-1912 0-0 Andijon
19/04 20:30 Manchester Siti - Arsenal
19/04 21:00 Piza - Jenoa
19/04 23:45 Yuventus - Bolonya
20/04 23:45 Lechche - Fiorentina
21/04 00:00 Kristal Pelas - Vest Xem

Nazorat uchrashuvi. «Dinamo» «Sho‘rtan» bilan durang o‘ynadi

Nazorat uchrashuvi. «Dinamo» «Sho‘rtan» bilan durang o‘ynadi

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Yangi mavsumga tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» jamoasi bugun, 18 fevral kuni G‘uzorning «Sho‘rtan» klubiga qarshi nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.

Qor yog‘ishiga qaramay, Jomboy tumani stadionida o‘tgan bahsda har ikki jamoa murabbiylari bir qator futbolchilarni sinovdan o‘tkazishdi.

Shu kuni jamoamiz asosiy tarkibida «Dinamo»ga qaytgan himoyachi Bunyod Isroilov maydonga tushdi. Shuningdek, jamoa ko‘rigida ishtirok etayotgan afrikalik 19 yoshli yarimhimoyachi Faysal Traore ham to‘p surdi.

O‘yinning 27-daqiqasida yosh hujumchi Shahboz Nuriddinov hisobni ochgan bo‘lsa, 36-daqiqada mehmonlar safidagi tajribali yarimhimoyachi Samandar Shodmonov hisobni tenglashtirdi – 1:1.

Ikkinchi bo‘limda ikki jamoada ham hisobni o‘zgartirish uchun imkoniyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, bahs durang natija bilan tugadi. Qayd etish kerak, shu kuni «Dinamo» safida bir qator futbolchilar jarohat bois maydonga tusha olishmadi.

Nazorat uchrashuvi. 18 fevral

«Dinamo» - «Sho‘rtan» - 1:1

Gollar: Shahboz Nuriddinov, 27 – Samandar Shodmonov, 36.

«Dinamo»: Shoxruh Eshbo‘tayev, Bunyod Isroilov, Obid Hakimov, Komil Sharofutdinov, Avaz Agaliyev, Bobur Qosimov, Jasur Azimov, H.Omonov, Faysal Traore, Nizom Norov, Shahboz Nuriddinov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: F.Rahmatov, M.Hamraliyev, SH.Muxtorov, SH.SHobirov, A.Murodov, O.Razoqov.

Manba: www.fcdinamo.uz
Kiritildi: 21:24, 18.02.2020.
O'qildi: 1824 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик