Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/05 00:00 Kristal Pelas 4-0 Man. Yunayted
07/05 00:00 Lill 3-4 Lion
07/05 18:00 Paxtakor 4-3 Metallurg
07/05 19:00 OKMK 3-4 Nasaf
08/05 00:00 PSJ 0-1 Borussiya D
09/05 00:00 Real Madrid - Bavariya

Transfer olamidagi yangiliklar

Transfer olamidagi yangiliklar

Baho:
+ | -

Ushbu ruknimizdagi eng so‘nggi yangiliklar bilan tanishtirishda davom etamiz.

“Chelsi” darvozabon izlashni boshladi

Londonning “Chelsi” klubi yozda Kepa Arrisabalagani o‘rnini egallashi mumkin bo‘lgan darvozbonlar variantini ko‘rib chiqishni boshladi.

“LGZDS” nashriningma’lumqilishicha, “aristokratlar” nishonidaItaliyaning “Udineze” klubidarvozaboniXuanMussoturibdi.

Argentina terma jamoasi darvozaboni uchun “Chelsi” 30 million yevrodan voz kechishiga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, 25 yoshli darvozabon uchun kurashda “Inter”ni ham quvib o‘tish kerak. Sababi, “ko‘k-qora”lar futbolchining agenti bilan muzokaralar o‘tkazishni boshlagan.

Eslatib o‘tamiz, darvozabon “A seriya”ning 24 ta uchrashuvida darvozani qo‘riqlagan va o‘yinlarning 8 tasini “quruq” o‘tkazgan.

“Liverpul”ga Kosovalik futbolchi kerak


Angliyaning “Liverpul” jamoasi bosh murabbiyi Yurgen Klopp “Verder”ning kosovalik hujumchisi Milot Rashis bilan jiddiy qiziqib qolgan.

“BILD” nashrinig ma’lum qilishicha, murabbiy vingerni anchadan beri kuzatib yuribdi. Shu sababli, “Liverpul” hujumchi uchun uning tavon pulida yozilgan 31 million yevroni to‘lashga tayyor.

23 yoshli Milot yozda “Bavariya”ga o‘tishi ham mumkin. Sababi, nemis klubi Leroy Saneni xarid qilish fikridan qaytsa, bor e’tiborlarini “Verder” futbolchisiga qaratmoqchi.

Jiruga qulay taklif kelib tushdi

 

Angliyaning “Chelsi” klubi hujumchisi Oliviye Jiru yozda erkin agentga aylanishidan xabaringiz bor.

Futbolchi katta ehtimol bilan yozda Rimning “Latsio” jamoasi safiga borib qo‘shiladi. Uning agenti allaqachon “burgutlar” bilan muzokaralarning birinchi bosqichini boshlagan. “Latsio” Jiruni qo‘lga kiritish orqali kelasi yili YECHLda omadli ishtirok etishni rejalashtirmoqda.

Jiruning o‘zi APLda qo‘lishni istamoqda. Futbolchi Londonning “Tottenhem” jamoasi bilan shartnoma imzolashdan umidvor.

Esaltib o‘tamiz, hujumchi ushbu mavsumda atigi 6 ta uchrashuvdagina maydonga tushdi xolos.

“Inter” yozda kimlarni oladi?


Italiyaning “Inter” jamoasi yoza amalga oshiradigan ikkita transferini aniqlab oldi. Unga ko‘ra, jamoa shortlistidan ikkita belgiyalik futbolchi joy oldi.

“Inter” jamoasi yozda erkin agentga aylanadigan Yan Vertongen va Dris Mertenslarga qulay shartnoma taklif qilmoqchi.

“CDS” nashri bergan xabarga ko‘ra, ikki futoblchi uchun kurash yozda keskin ko‘rnish oladi. Sababi, “Yuventus” va “Manchester Yunayted” klublari ham bu yigitlarga ko‘z tikkan.

“Manchester Siti” futbolchi sotishga majbur

“Angliyaning “Manchester Siti” jamoasi yozda futbolchi sotishiga to‘g‘ri keladi. Katta ehtimol bilan jamoa yozda Leroy Saneni transferga qo‘yadi. Jamoa nemis vingerining transferidan 80 million funt sterling ishlab olishni rejalashtirmoqda. Ushbu pullarning 26 milliondan ko‘prog‘I UEFA tomonidan solingan soliqqa ishlatiladi”,-deb xabar bermoqda “Dailystar” nashri.

Katta ehtimol bilan, Sane yozda Myunehnning “Bavariya” jamoasiga o‘tadi. Nemis klubi Leroyni jamoaga olib kelish uchun Koutinoning transferidan voz kechdi va yozda Saneni 75 million yevro evaziga xarid qilishni rejalshtirmoqda.

Esaltib o‘tamiz, germaniyalik futbolchi APLning birorta rasmiy uchrashuvida maydonga tushgani yo‘q.

Manba: Stadion.uz
Kiritildi: 00:35, 20.02.2020.
O'qildi: 8403 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.